AQŞ prezidenti Donald Tramp çorşanba kuni Bryusselga ikki kunlik taşrifini boşlaydi. U YeI rahbariyati bilan muzokaralar ötkazadi va NATO yiğilişida ilk bor iştirok etadi. 

Donald va Melanya Trampni samolyot trapi yonida Belgiya boş vaziri Şarl Mişel kutib oladi. Prezidentlik oilasi avval belgiyaliklar qiroli Filipp va qiroliça Matilda bilan, keyin esa Trampning özi mamlakat boş vaziri bilan uçraşadi. Mişelning ötgan haftada ma'lum qilişiça, Tramp bilan uçraşuvda YeI va AQŞ örtasida ba'zi masalalarda kelib çiqqan fikrlar qarama-qarşiligini muhokama qilmoqçi: iqlim özgarişi bilan kuraş, jahon muammolarini hal qilişga köp tomonlama yondaşuv va YeIning asosiy qadriyatlari, jumladan, migratsiya muammosi.

Trampning asosiy uçraşuvlari payşanba kuniga möljallangan. U Yevropa kengaşi raisi Donald Tusk va Yevrokomissiya raisi Jan-Klod Yunker, şuningdek, Yevroparlament raisi Antonio Tayani va YeI diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini bilan muzokaralar ötkazadi. YeI köplab bahsli masalalar böyiça AQŞ pozitsiyani aniqlaştirişga harakat qiladi, ular orasida – Amerika yangi ma'muriyatining YeI bilan erkin savdo haqidagi kelişuvdan boş tortişi, mamlakatning migratsion siyosati, Isroildagi elçixonani Tel-Avivdan Quddusga köçiriş, Rossiya bilan munosabatlar. 

RTL teleradiokompaniyasi ma'lumotiga köra, Tramp Fransiyaning yangi prezidenti Emmanuel Makron bilan ham körişadi.

Kunning ikkinçi yarmida esa Amerika rahbari NATO yiğilişida qatnaşadi. 

Xabarlarga köra, Bryusselda prezidentni nafaqat uning tarafdorlari, balki unga qarşi kayfiyatda bölganlar ham kutib oladi. Derniere Heure gazetasining ma'lum qilişiça, ular duşanba kunidan boşlab Belgiya poytaxtiga kelişni boşlaşgan hamda Trump not welcome ("Tramp xuş kelmabsiz") nomli norozilik aksiyasini ötkazişni maqsad qilişgan. Bu tadbir çorşanba kuniga rejalaştirilgan. Taxminlarga köra, aksiyada qariyb 9 ming kişi qatnaşadi. 

Bundan taşqari, Derniere heure ma'lumotlariga köra, Belgiya hukumati Amerika prezidentining taşrifi hamda NATO yiğilişi tufayli xavfsizlik çoralarini kuçaytirdi. Bryusselda tartib-intizom saqlanişini 3120 nafar politsiyaçi kuzatib boradi.