Bugun Şvetsiyaning Stokholm şahrida Yevropa Ligasining bu mavsumdagi sönggi hal qiluvçi uçraşuvi — final bölib ötadi. Unda Niderlandiyaning «Ayaks» jamoasi Angliyaning «Mançester Yunayted» klubi bilan kuç sinaşadi. Tribuna.Uz haftaning eng muhim uçraşuviga batafsil töxtalib ötadi.

Yevropa ligasi. Final
«Ayaks» - «Mançester Yunayted» (24 may, 23:45, UzReport, Matç TV, Matç! Futbol 1)

Öyin oldidan

«Ayaks»

«Ayaks» bu mavsumda Niderlandiya çempionligini «Feyyenoord»ga boy berib qöydi. Jamoa aprel oyining sönggida PSVga imkoniyatni boy bergaç, uzil-kesil bu umiddan ayrilgandi. Endilikda jamoa bor-e'tiborini yevrokuboklardagi ğalabaga qaratgan.

«Mançester Yunayted»

Joze Mourino bundan bir neça yil oldin ta'kidlagan fikridan qaytişga majbur. Öşanda Yevropa Ligasidagi ğalabani özi uçun or deb bilgan mutaxassis bugun faqatgina şu musobaqa orqali YeÇL yöllanmasiga ega çiqişi mumkin. APL sönggi turi oldidan beşta uçraşuvda ğalaba qozona olmagan jamoa 6-örinni egallaşi aniq bölib ulgurgandi. Ötgan haftada final oldidan sönggi tur uçraşuvda «Kristal Pelas» mağlubiyatga uçratildi. Ammo bu jamoa uçun heç narsani özgartirgani yöq. Mourino YeÇLda iştirok etişi uçun bugungi finalni yutişi şart.

Finalgaça bosib ötilgan yöl
«Ayaks»
Niderlandlar uçun yevromavsum uzoq yozda boşlangandi. Yevropa çempionlar ligasi 3-saralaş bosqiçida jamoa Gretsiyaning «PAOK» klubi ikki öyin natijasiga (1:1, 2:1) köra mağlub etib pley-offga çiqqan, biroq pley-offda kutilmaganda «Rostov»ga imkoniyat boy berilgandi (1:1, 1:4).

Şundan söng «Ayaks» Yevropa Ligasi guruh bosqiçiga yöl olgan va bu yerda 14 oçko bilan guruhda birinçi örinni qölga kiritgandi (töplar nisbati 11:6). Jamoaga guruhda Belgiyaning «Standard» (1:0, 1:1), Gretsiyaning «Panatinaikos» (2:0, 2:1) va Ispaniyaning «Selta» (2:2, 3:2) klublari röbaro‘ kelgandi. Bahorgi turni (1/16 final) «Ayaks» qiyinçilik bilan boşladi. Polşaning «Legiya» klubi 0:0, 1:0 hisoblarida mağlub etildi. Nimçorak finalda Daniyaning «Kopenhagen» klubiga mehmonda 1:2 hisobida yutqazgan jamoa, öz uyida 2:0 hisobida ğalaba qozondi.