2017 yilning 21 may kuni taxminan soat 02:00 da, Toşkent şahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan Yunusobod tumanida joylaşgan “Uç Qaxramon” yöl patrul xizmati maskanida davlat raqam belgisi 01 N 352 GA bölgan «Matiz» rusumli avtoulov töxtatilgan. Uning haydovçisidan hujjatlar söralganda, Anvar Tojiboyeviç Töraqulov özini içki işlar xodimi deb taniştirib, xizmat guvohnomasini taqdim etgan. Xizmat guvohnomasining haqiqiyligi içki işlar xodimlarida şubha uyğotganligi sababli Töraqulov IIBga olib borilib, uşbu guvohnoma olib qöyilgan.

Olib borilgan tergov oldi suriştiruv jarayonida guvohnoma A.T.Töraqulovning marhum otasiga tegişli bölganligi va unga özining fotosuratini yopiştirib, soxtalaştirganligi aniqlangan.



Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 228-moddasi 1-qismi (soxtalaştiruvçining özi foydalaniş maqsadida rasmiy hujjatlarni qalbakilaştiriş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Ikkinçi holat 2017 yil 23 may kuni soat 20-30da Mirzo Uluğbek tumani hududida qayd etilgan. Unda «Matiz» rusumli avtoulov töxtatilib, hujjatlarni tekşiriş davomida haydovçi Respublika IIVning mayor unvonidagi içki işlar idoralari xodimi deb taniştirib, xizmat guvohnomasini körsatgan. Olib borilgan suriştiruv jarayonida mazkur şaxs heç qayerda işlamaydigan Hidoyatov Fayzulla Şukrullayeviç ekanligi va uning xizmat guvohnomasini qalbakilaştiriş yöli bilan foydalanib yurganligi aniqlandi.

Toşkent IIBBda bölib ötgan brifingda ma'lum qilinişiça, mazkur holat yuzasidan Mirzo Uluğbek tumani IIB tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 228-moddasi 3-qismi (hujjatlarni qalbakilaştirilganligini bilaturib undan foydalaniş) bilan jinoiy iş qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Şu munosabat bilan, Toşkent IIBB yuqoridagi şaxslarning hatti-harakatidan jabr körgan fuqarolar bölsa, “102” telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi içki işlar idoralariga murojaat etişlari mumkin.











