Xalqaro Amnesty International nohukumat taşkiloti xabar qilişiça, Amerika harbiylari Iroq va Kuvaytga keltirilgan qurol-yaroğlarning bir qismi qayerda ekanini bilmaydi. "Ğoyib bölgan" qurollarning umumiy narxi esa 1 mlrd dollarga baholanmoqda.
Huquq himoyaçilari Vaşington tomonidan 2016 yil sentabr oyida ötkazilgan va oşkor qilingan audit natijalariga tayangan holda şunday fikrni ilgari surmoqda. Hujjatlarga muvofiq, Pentagon Iroq armiyasi va kurdlarning peşmerga guruhlari ixtiyoriga borib tuşişi kerak bölgan katta miqdordagi aslahalarning "soni va ularning qayerdaligi haqida aniq va sönggi ma'lumotga ega emas".
Xususan, ayni vaqtda 28 mln dollarlik 10 minglab hujum miltiqlari qayerdaligi noma'lum. Bundan taşqari, yuzlab minomyot snaryadlari va Humvee zirxli armiya yöltanlamaslarining keyingi taqdiri ham aniq emas.
"Agar Amerika qurol-yaroğlari qaçonlardan beri Iroqda özaro uruşayotgan tomonlar, xususan, IŞID qöliga ham tuşib qolayotgani e'tiborga olinsa, bu juda taşvişli holatdir", — degan taşkilotning qurollar nazorati mutaxassisi Patrik Uilken.
Ma'lumki, AQŞning Iroqdagi harbiy kampaniyasi 2003 yil martidan 2011 yil dekabriga qadar davom etdi.












