24 may kuni Stokholmdagi «Frends-Arene» stadionida «Mançester Yunayted» va «Ayaks» jamoalari örtasida Yevropa Ligasi finali ötkazildi. Uçraşuv inglizlar jamoasining 2:0 hisobidagi ğalabasi bilan tugadi. Gollar mavsum avvalida «mankunianlar» safiga kelib qöşilgan Pol Pogba hamda Genrix Mxitaryan tomonidan urildi.
Mazkur ğalaba «MYu» uçun Çempionlar ligasiga yöllanma berdi va Joze Mourino şogirdlari tanaffusdan söng eng nufuzli klublar musobaqasiga qaytdi. Niderlandiya vitse-çempioni sifatida «Ayaks» bu vazifani oldinroq uddalab bölgandi.
Mourino «Yunayted»dagi ilk mavsumidayoq 3ta sovringa ega çiqdi. Jamoa ötgan yil avgustida, mavsum arafasida «Lester»ni taslim qilib, Angliya Superkubogini qölga kiritgan, keyinroq Angliya Liga kubogida «Sauthempton» ustidan zafar quçgandi.
«Tribuna» öz öquvçilariga Stokholm finalidagi asosiy lahzalar suratlarini taqdim etadi.

















































