Yevropa ligasining finalidan örin olgan uçraşuv bugun bölib ötadi. Unda «Ayaks» «Mançester Yunayted»ga qarşi maydonga tuşadi. Tribuna.Uz ikki jamoaning tarixdagi finallarini yodga oladi.

Örtada YeÇL yöllanmasi. Töliq prevyu

Final faktlari

Bu «Ayaks»ning 15 marta yevrokuboklar finalida iştirok etişi böladi. Jamoa bungaça ötkazgan 14 finalning 10tasida ğalaba qozongan, 4tasida mağlub bölgan. Sönggi marta YeÇLda 1995 yildagi ğalaba («Milan» ustidan 1:0) sönggi yevrosovrin bölib qolayotgan bölsa, 1996 yildagi YeÇL finalidagi «Yuventus»dan uçralgan mağlubiyat jamoaning sönggi finali bölib qolayotgandi.

«Yunayted» yevrokuboklar finalida 12 marta maydonga tuşadi. Oldingi 11 finalning 6tasida jamoa sovrinni qölga kiritgan bölsa, 5tasida mağlubiyatga uçragan. Qiziq tomoni jamoa sönggi uçta finalning barçasida mağlubiyatga (2008 superkubokda, «Zenit», 2009 va 2011 yillarda «Barselona») uçragan. Jamoaning yevrokuboklardagi sönggi ğalabasi 2008 yilga töğri keladi. Öşanda Fergyuson boşçiligidagi jamoa «Çelsi»ni penaltilar seriyasida mağlubiyatga uçratgandi.

Agar «Mançester Yunayted» Stokholmdagi finalda ğalaba qozongan taqdirda «Ayaks», «Bavariya», «Çelsi» va «Yuventus» kabi Yevropada şu kunga qadar taşkillaştirilgan uçta musobaqada (YeÇL/YeÇK, Kubok egalari kubogi, UYeFA kubogi/Yevropa Ligasi) ham ğalaba qozongan jamoaga aylanadi.

Eslatib ötamiz, final uçraşuvi Toşkent vaqti bilan 23:45da boşlanadi.