2017 yil 15 aprelida Toşkent şahar hokimligida "Toşkent şahri hududida avtomototransport vositalarini saqlaş joylarini tartibga keltirişning qöşimça çora-tadbirlari"ga bağişlangan brifing bölib ötgan edi.

Unda Toşkent şahrining tuman, mavze, dahalar hududida şaharsozlik, sanitariya va yonğin xavfsizligi talablariga hamda aholi xavfsizligiga javob bermaydigan temir beton garajlar mavjudligi, qolaversa, uşbu temir beton garajlar köp qavatli turar-joy binolarining oraliğida joylaşgan bölib, aholi tomonidan boşqa maqsadlarda ham foydalanib kelinayotgani ta'kidlandi. 

Şu mavzuga doir Toşkent şahar hokimining qarori loyihasi www.regulation.gov.uz saytiga muhokama uçun joylaştirilgandi. Keyinçalik turli ijtimoiy tarmoqlarda garajlar buzilişi boşlangani haqida xabarlar paydo böla boşladi. 

Ayni damga qadar juda köpçilik garaj egalarini bir savol qiynab kelmoqda: Garajni buzdirmaslikning iloji bormi, bölsa qanday? 

Ma'lum bölişiça, buning imkoni bor. Uçtepa tumani hokimligi vakili şu masalaga oydinlik kiritdi. Uning Kun.uz muxbiriga aytişiça, garajlarning buzilmasligi uçun bir neça me'yoriy-huquqiy işlarni amalga oşiriş talab etiladi. 

Uning sözlariga köra, Toşkent şahri hokimining garajlarni buziş töğrisidagi qarorida, asosan, xususiy va individual tartibda qurib olingan garajlarni buziş közda tutilgan. Ya'ni, siz garaj egasi bölib, garaj alohida bir joyda turgan bölsa, yoki bir neça 10 yoki 100 garaj bir hududda turganidan qat'i nazar, ular garaj egalari şirkatiga birlaşgan bölsa, bunday garajlar buziladi. Ularning örnida loyihada belgilanganidek, 2, 3 yoki 6 qavatli pullik yoxud bepul oddiy avtoturargohlar barpo etiladi. 

Agar şirkat a'zolari özaro birlaşgan holda hokimiyatga ariza bilan murojaat qilib, unda özlariga qaraşli garajlar şirkati hududida tegişli tartib-qoidani örnatişni sörasa, hokimiyat hokim buyruği asosida uşbu garajlarni davlat nazoratiga oladi. Şu bilan bu garajlar öz holatida saqlab qolinadi. U yerning atrofini obodonlaştiriş, garajlar hududini yonğin va aholi xavfsizligi me'yorlariga moslaştiriş, barça garajlarni bir xil tusga böyaş, zarur bölsa, garajlar hududini metall panellar bilan örab çiqiş, asfalt yotqiziş işlari amalga oşiriladi. Garajlar joylaşgan hudud içkarisida maxsus kuzatuv minorasi barpo etiladi, mas'ul idoralar vakillari iştirokida barça garajlar birma-bir közdan keçirilib, ularning içida faqat avtomobilni saqlaş çoralari köriladi. Ortiqça narsalar olib çiqilişi talab etiladi.