Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2006 yil 5 yanvardagi «Yirik sanoat korxonalari bilan kasanaçilikni rivojlantiriş asosidagi işlab çiqariş va xizmatlar örtasida kooperatsiyani kengaytirişni rağbatlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Farmonga özgartiş kiritdi. Bu haqda ÖzA xabar bergan.
Farmonga muvofiq, kasanaçilikni rivojlantirişni yanada rağbatlantiriş, iş bilan band bölmagan aholini işlab çiqarişga jalb etiş, sanoat korxonalari bilan kasanaçilik örtasida kooperatsiyani kengaytiriş maqsadida Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Yirik sanoat korxonalari bilan kasanaçilikni rivojlantiriş asosidagi işlab çiqariş va xizmatlar örtasida kooperatsiyani kengaytirişni rağbatlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Farmoni 3-bandidagi «2019 yilning 1 yanvarigaça» degan sözlar «2021 yilning 1 yanvarigaça» degan sözlar bilan almaştirildi.
Mazkur Farmonning bajarilişini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklangan.
Oldinroq Şavkat Mirziyoyev kasanaçilikni yanada rivojlantirişga doir qarorni imzolagani ma'lum qilingandi.











