2019 yilning 1 yanvaridan boşlab Özbekistonda birinçi marta işga joylaştirilgan xodimlarga qoğoz şaklidagi mehnat daftarçalari berilişi töxtatiladi. Bu Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 23 maydagi «Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillaştiriş va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmonida belgilangan.
Unga köra, xodimlarning iş joyi va davlat ijtimoiy suğurtasiga tölov qilgan davri böyiça röyxatga olişning “elektron mehnat daftari” tizimini joriy etiş rejalaştirilgan.
Mehnat daftarçalaridagi yozuvlar soliq tölovçining individual raqami (STIR) va fuqarolarning jamğarib boriladigan pensiya tölovi böyiça individual raqami (PTIR) asosida, xodimning iş joyi va Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjyetdan taşqari pensiya jamğarmasiga tölovlar amalga oşirilgan davri böyiça hisobga oliş bilan bosqiçma-bosqiç almaştirib boriladi.
Şuningdek, farmon bilan 2018 yilning 1 yanvaridan boşlab kasb-hunar kollejlari, akademik litseylarning barça öquvçilarini, ularning har biriga soliq tölovçining individual raqami berilgan va elektron raqamli imzo (ERI)ni tegişli tölovni undirmasdan bergan holda, soliq tölovçi sifatida davlat soliq organlarida röyxatga qöyiladi.
Bundan taşqari, 2018 yilning 1 yanvaridan boşlab kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy ta'lim muassasalarining birinçi marta işga joylaşgan bitiruvçilari iş haqidan olingan daromadlaridan yagona ijtimoiy tölovning örnatilgan stavkasini, ta'lim muassasasini tamomlagan kundan boşlab uç yildan ortiq vaqt ötmaganlik şarti bilan, ularni işga joylaşganliklaridan keyingi bir yil içida 50 foizga, ikkinçi va uçinçi yil davomida 25 foizga, byudjyet taşkilotlari, monopolist taşkilotlar, ustav jamğarmasida (ustav kapitalida) davlat uluşi 50 foizdan ortiq bölgan taşkilotlarga işga joylaşganlar bundan mustasno bölgan holda, kamaytiriladi.
Avvalroq Prezident farmoni bilan Özbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi etib qayta taşkil etilgani haqida xabar bergandik.

















