Ostona şahrida iyun oyida bölib ötadigan Şanxay hamkorlik taşkiloti sammitida qabul qilinadigan hujjatlar xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni kuçaytiradi. Bu haqda Qozoğiston taşqi işlar vaziri örinbosari Roman Vasilenko ma'lum qildi.
"Ostonada 8-9 iyun kunlari bölib ötadigan ŞHT sammitida davlat rahbarlarining xalqaro terrorizmga qarşi kuraş böyiça qöşma bayonoti va ekstremizmga qarşi kuraş böyiça Konventsiyaning qabul qilinişi mintaqa davlatlarining xavfsizlik sohasidagi hamkorligini yanada kuçaytiradi", - dedi Vasilenko “Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik va hamkorlikni qonunçilik jihatidan ta'minlaşda parlamentlar örni” mavzusidagi xalqaro davra suhbati davomida.
Eslatib ötamiz, ŞHT – xalqaro taşkilot bölib, 2001 yilda Xitoy, Rossiya, Qozoğiston, Tojikiston, Qirğiziston va Özbekiston rahbarlari tomonidan taşkil etilgan. 2016 yilning iyunida Özbekistonda bölib ötgan sammitda taşkilotga Hindiston va Pokistonning kirişi haqida memorandumlar imzolandi.
Ayni damda Afğoniston, Belarus, Eron va Möğuliston ŞHT kuzatuvçi davlatlari bölsa, Ozarboyjon, Armaniston, Kamboja, Nepal, Turkiya va Şri-Lanka şerik mamlakatlardir.












