Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 24 may kuni Toşkentga rasmiy taşrif bilan kelgan Birlaşgan Arab Amirliklari (BAA) taşqi işlar va xalqaro hamkorlik vaziri şayx Abdulla ibn Zayd an-Nahayonni qabul qildi. Bu haqda ÖzA xabar tarqatdi.

Prezident mehmonni qutlar ekan, keng kölamli özaro amaliy hamkorlikni yanada rivojlantiriş uçun katta salohiyat mavjudligini alohida ta'kidladi. 

Arab-musulmon mamlakatlari va AQŞ sammiti doirasida 21 may kuni Ar-Riyod şahrida Abu Dabi Amirligi valiahdi, BAA Qurolli Kuçlari Oliy boş qömondoni örinbosari Şayx Muhammad ibn Zayd an-Nahayon bilan uçraşuv, şuningdek, turli darajadagi aloqalar faollaşgani Özbekiston va Birlaşgan Arab Amirliklari örtasidagi munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqiçga kötarilişidan ikki mamlakat ham manfaatdorligi va bunga tayyor ekanini tasdiqlaşi qayd etildi. 

Suhbatda BAA yetakçi bank-moliya institutlari va kompaniyalari iştirokida iqtisodiyotning turli tarmoqlarida istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oşiriş, turizm sohasidagi hamkorlikni faollaştiriş masalalariga alohida e'tibor qaratildi. 

Özbekistonning Samarqand şahrida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini taşkil etiş töğrisidagi taşabbusi Amirliklar tomonidan qöllab-quvvatlangani yuqori baholandi. BAA delegatsiyasining taşrifi davomida Madaniy hamkorlik töğrisida hukumatlararo anglaşuv memorandumi imzolangani mamnuniyat bilan qayd etildi. 

Şayx Abdulla bin Zoid Al Nahayon Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uçun minnatdorlik bildirdi va BAA Prezidenti şayx Xalifa bin Zayd an-Nahayon va Abu Dabi Amirligi valiahdi, BAA Qurolli Kuçlari Oliy boş qömondoni örinbosari Şayx Muhammad ibn Zayd an-Nahayonning yuksak hurmati va ezgu tilaklarini yetkazdi. 

Mamlakatlarimiz örtasidagi har tomonlama va özaro manfaatli hamkorlikni kengaytirişga Birlaşgan Arab Amirliklari tayyorligini ta'kidladi.