Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 26 may, juma kuni Toşkent şahrining yirik tumanlaridan bölmiş Şayxontohur tumaniga taşrif buyuradi. Bu haqda «Kun»  manbalari xabar bermoqda.

Taşrif davomida davlat rahbari olib borilayotgan islohotlar bilan tanişadi, şuningdek, tumandagi işlab çiqariş korxonalarini közdan keçiradi.

Ayni kunlarda butun tuman böylab taşrifga tayyorgarlik körilmoqda, hududlarda obodonlaştiriş işlari olib borilmoqda.

Qayd etiş kerakki, prezident taşrif vaqtida aynan qayerlarga borişi aniq emas.

Eslatib ötamiz, hozirda Şayxontohur tumaniga Oybek Mirtemirov rahbarlik qilmoqda.