AQŞning sobiq davlat kotibi Jon Kerri amerikalik talabalarga öz mamlakati hukumatiga köproq ta'sir ötkaziş uçun rus tilini örganişni tavsiya qildi.
Politico naşrining ma'lum qilişiça, u bu haqda Garvard universiteti qoşidagi Kennedi nomidagi maktab talabalari oldidagi nutqida aytib ötdi.
"Mendan köpinça hukumatga real ta'sir ötkazişning siri nimada deb söraşadi. Axir, yaqinda hammasi özgardi", deb aytilgan Kerri nutqida.
Kerrining ta'kidlaşiça, u agar avval bunday savol berilganda ta'sirga ega böliş uçun yoki davlat lavozimiga saylaniş kerakligi, yoki Kennedi nomidagi maktabda ilmiy unvon oliş kerakligini aytgan bölardi.
"Hozirgi Oq uy bilan men şuni aytişim mumkinki, sizlar Rosetta Stone dasturini (xorijiy tillarga örgatuvçi kompyuter dasturi) sotib olib, rus tilini örganişni boşlaşingiz kerak", deb aytgan Kerri.
Kerri AQŞning sobiq prezidenti Barak Obamaning ikkinçi prezidentlik muddati davrida davlat kotibi bölib işlagan.












