Braziliya şimolidagi Riu-Grandi-du-Norti ştatidagi qamoqdan kamida 91 mahbus qoçib ketdi.
Telesur telekanali ma'lumotlariga köra, mahbuslar tong vaqtida 30-40 metrlik tunnel orqali qoçişgan. Ular qöriqçilarning e'tiborini çalğitiş uçun turma içida tartibsizliklar uyuştirişgan.
Xavfsizlik kuçlari Paraiba va Riu-Grandi-du-Norti ştatlari çegaralaridagi 36 ta şaharda qoçoqlarni qidiriş böyiça operatsiyani olib borişmoqda va 8 nafar qoçoqni qölga olişga muvaffaq bölişgan.
Turma rahbariyatining ta'kidlaşiça, mahbuslar qoçgandan keyin ularni olib ketiş uçun ikkita maşina va mototsikl kelgan. Qoçoqlar oddiy kiyimlarga kiyinib olişga muvaffaq bölganlar.
Ta'kidlanişiça, 2017 yil yanvarda xuddi şu turmadan 14 mahbus qoçib keta olgan.












