Braziliya huquqni muhofaza qiliş organlari korrupsiya işi doirasida mamlakatning sobiq prezidenti Mişel Temerni hibsga oldi, deb xabar berdi Globo portali.

Portalning bildirişiça, Petrobras kompaniyasidagi korrupsion mojaro bilan boğliq operatsiya doirasida hibsga olingan.

Petrobras kompaniyasi 2014 yilda, bir neça mansabdorlar şartnoma imzolagani uçun şartnomaning 3%i miqdorida pul olişgani ma'lum bölganidan söng korrupsion mojaro markazida qolgandi.

Bu mablağlar keyinçalik siyosatçi va mansabdor şaxslarni sotib oliş uçun işlatilgan.

Braziliya hukumatining bildirişiça, narxlarni oşiriş va poralar orqali sxema mualliflari 3,8 milliard dollarga yaqin pul işlab olişgan.