Rio-de-Janeyro federal sudi Braziliyaning sobiq prezidenti Mişel Temerni bir qator korrupsiya işlari tergovi vaqtiga hibsga olişga qaror qildi. Bu haqda Folha de São Paulo naşri xabar berdi. 

21 mart kuni Temer korrupsiya bilan şuğullangan jinoiy taşkilotni boşqariş gumoni bilan San-Pauluda hibsga olingandi, biroq 4 kundan keyin qöyib yuborilgan. Bir neça kundan keyin unga Rio-de-Janeyro sohilböyida Angra atom elektr stansiyalari majmuasi bilan boğliq korrupsiya böyiça yangi ayblovlar qöyilgan.

Ma'lum qilinişiça, sudyalar 2 ta ovozga qarşi bitta ovoz bilan sobiq prezident tergov vaqtiga hibsga olinişi kerakligiga rozi bölişgan. Şunday qaror harbiy politsiyaning iste'fodagi polkovnigi Joau Batista Limaga nisbatan ham çiqarilgan.