Braziliyaning sobiq prezidenti Mişel Temer mamlakat hududida 40 yil davomida harakat qilgan uyuşgan jinoiy guruhga boşçilik qilgan. Bu haqda prokuratura vakili Fabiana Şneyder matbuot anjumanda ma'lum qildi. 

Tergovçilarning aytişiça, jinoiy guruh korrupsion faoliyatining ba'zi holatlari XX asrning 80-yillarida sodir etilgan. Öşanda Temer San-Paulu ştati mahalliy hukumatida işlagan. Huquq-tartibot idoralari fikriça, jinoyatçilar tomonidan 1,8 mlrd real (470 mln dollar) olingan. Temerdan taşqari, uning ança yillik safdoşi, iste'fodagi polkovnik Joau Batista Lima va Temer hukumatida energetika vaziri lavozimini egallagan Uellington Moreyra Franku ham hibsga olingan. Ularga xizmat yillari va öz lavozimlaridan ketganlaridan keyin korrupsion jinoyatlar va pul yuvişda iştirok etiş ayblovlari bildirilgan.

78 yoşli Temer va uning şeriklarining qança muddat hibsda uşlab turilişi hali belgilanmagan. Politsiyada ular ozodlikda qolib, tergovga tösqinlik qilişlaridan xavotir bildirilmoqda.  

Temer korrupsion tergov natijasida panjara ortiga jönatilgan Braziliyaning ikkinçi yetakçisi böldi: 2003-2010 yillarda Braziliya prezidenti lavozimini egallagan Luis Inasiu Lula da Silva tergov natijalariga köra 2018 yil aprelida panjara ortiga jönatilgandi.