Braziliya sudi mamlakatning sobiq prezidenti Mişel Temerni ozodlikka çiqardi. Temer ötgan hafta korrupsiya ayblovi bilan hibsga olingandi.
Rio-de-Janeyro federal sudi sudyasi 78 yoşli siyosatçini panjara ortida saqlaşga hojat yöqligi, çunki u “jamiyat uçun xavf solmasligi” haqidagi qarorga kelgan. Sudya, şuningdek, Temerning ozodlikda bölişi tergov borişiga tahdid solişi mumkinligini körmagan.
78 yoşli Temer 21 mart kuni San-Pauluda “Angra” atom elektr stansiyasi qurilişida yöl qöyilgan ehtimoliy korrupsiya işi böyiça hibsga olingan. Jumladan, gap 230 ming yevro miqdoridagi pora haqida bormoqda.
Temer sobiq prezident Dilma Ruseff impiçmentidan keyin 2016 yilda prezident lavozimini egallagan. U Ruseff prezidentligi vaqtida 6 yil davomida vitse-prezident lavozimini egallab kelgan. Temer öz lavozimini 2018 yilda tark etgaç, jinoiy ta'qib qilinişdan daxlsizlikni yöqotgan.

















