"Kitob dunyosi" gazetasida jurnalist Alimurod Tojiyevning "Beparvolik bepardalikdir..." sarlavhali maqolasi e'lon qilingan. U Quyida uşbu maqola juz'iy özgartirişlar bilan qayta naşr etilgan.

Yaqinda Facebook ijtimoiy tarmoğida filologiya fanlari nomzodi Gulnoza Sattorovaning san'atimiz, xususan, qöşiqçiligimiz  taraqqiyoti va tahliliga bağişlangan “San'atmi yoki sanoat” nomli maqolasini öqib, opaning kuyunçaklik bilan yozilgan fikrlariga munosabat bildiriş iştiyoqi tuğildi. Aslida, neça yillardan buyon qayta-qayta tanqid qilinayotgan bölsa-da, biror özgariş bölmayotgan bu soha haqida gapiriş  şitob ila yelib borayotgan poyezdga qor otişdek gap. 

Biz bolaligimizda 10, nari borsa 20 qöşiqçini bilardik, ammo ularning hamma aşulalari maşhur bölardi. Masalan, Oxun Madaliyev, Ğiyos Boytoyev, Yulduz Usmonova, Nasiba Abdullayeva, Muhriddin Xoliqov, Maxmud Namozov, Ahror Usmonov, Xurşid Rasulov, Bahodir Mamajonov kabilar mening, umuman, bizning avlodning sevimli xonandalari edi. Ularning qöşiqlarini hozir ham maza qilib tinglaymiz. Vaqt ötgan sari yana qömsab, qidiramiz. Ammo keyingi beş yillikda birorta köngilga yoqadigan, sözlari, ohanglari tilingda aylanadigan qöşiqlar juda ham kam yaratildi. Oldingi qöşiqlarning oldida dengizdan tomçi desa ham böladi. Hozirda  aytilayotgan qöşiqlar esa menga bema'no, sayoz tuyuladi, ustiga ustak mazkur xonişlar ğoyasi kimdandir olingan, musiqasi qayerdandir köçirilgan yoki oldin kimdir aytgan bölib çiqadi. Bir marta eşitasanmi-yöqmi, esingdan çiqadi. Xuddi bir marta çaynalib, tuflab taşlanadigan saqiçga öxşab. Keyin ayrim erkak xonandalarimizni sahnada qilayotgan muqomlari, tuşayotgan raqslarini körib, beixtiyor tilingga maşhur şoirning satri keladi: "Şuyam erkakmi?". Bu ketişda madaniyatimiz, san'atimiz taqdiri nima keçadi? Ularga ergaşgan avlodning taqdir qanday böladi? Özi hozir ham köça-kuyda bir-yarimtasi uçrab turibdi. Dahşat-a?! Öğil farzand kördim deb köksingga ursang, uni tarbiyalasangu, u yirtiq-sirtiq narsalarni kiyib yursa, atlas “şim” kiyib,  köçaga çiqsa. 

Keyin yana bir odat paydo böldi kliplarimiz imperiyasida. Ya'ni, bir çiroyli qizni olib çiqib ustidan masxaralaş, ermak qiliş, bema'ni, tuturiqsiz qiliqlar qiliş. Nima, jamiyatda ayollarni hurmat qiladigan, ularni boşida kötaradigan erkaklarning zamoni ötdimi? Bu kliplarning ğoyasidan ayollarni, xususan, qizlarimizni bemalol masxaralaş, ğururini yerga uriş mumkin deb tuşuniş kerakmi? Şunday qöşiqlarga klipga tuşayotgan qizlarning közi qayoqda? Yoki televizorda çiroyli kiyinib, “falonçi” artist bilan teleekranga çiqsa böldimi? Aslida öşa “falonçi”ning qölida öyinçoq, qurib ketgur nafsining şafqatsiz ehtiroslari  yölida vosita bölayotgan bölsa-çi? Bu yoği bilan nima işingiz bor? Hamma dugonalarim menga havas qilişini, şu “klip”da körgan, ammo menga e'tibor qaratmagan bir töda yigitlarning orqamdan soyadek ergaşib  yurişini xohlayman, dermikan?