Gilos juda ham şirin va foydali meva ekanligi heç kimga sir emas. Köpinça uni yangi uzib olingani iste'mol qilinadi, çunki undan pişirib tayyorlangan murabbo va boşqa körinişdagi pişiriqlarda gilos özining mazasi va foydali xususiyatlarini yöqotadi.

Gilos murabbosining şirinligi olça murabbosidan qolişmasa ham, uy bekalari gilosdan kamdan-kam holda murabbo tayyorlaşadi.

Foydali xossalaridan taşqari gilosda bitta katta kamçilik bor
 — gilosni haddan taşqari köp iste'mol qilingaç, organizmda ortiqça suyuqlik hazm bölmay töxtab qoladi, natijada ertasiga ertalab inson öz tanasida şiş paydo bölganini kuzatişi mumkin.

Gilosning xuddi ana şu “kamçiligi” sababidan homilador ayollarni gilosni köp miqdorda iste'mol qilişdan qaytarişadi.

Inson soğliği uçun gilosning asosiy foydalari:

1. Gilos qabziyat muammosini hal qiladi.

Çunki bu meva iste'mol qilingaç, tanada içaklar faoliyatini tezlaştirib yurgizadi va oqibatda modda almaşinuvi me'yorda bölişi ta'minlanadi.

2. Pişiqçilikda gilos iste'mol qilinganda bolalarda ham, kattalarda ham immunitet mustahkamlanadi.

Şifokorlar pişiqçilik mavsumida meva va sabzavotlarni me'yorida töyib iste'mol qilişni tavsiya etişadi, bunda gilos istisno etilmaydi, çunki uning tarkibida juda köp miqdorda organizmni turli infeksiyalardan himoya qiluvçi va yangi immun hujayralari ösib çiqişiga sabab böluvçi vitaminlar mavjud.

3. Kuniga 2-3 mahal bir qismdan gilos iste'mol qiliş inson qon tarkibida xolesterin miqdorini sezilarli kamaytiradi, şuningdek, xolesterin tugunçalari paydo bölişining oldini oladi.

4. “Asabiy” "psoriaz" va "ekzema" kabi teri kasalliklarini gilos yordamida davolaş mumkin. Bunday holda, kasallikni davolaş jarayonida gilos yordamçi davolovçi vosita sifatida bu kasalliklardan tezroq foriğ bölişga yordam beradi, yolğiz uni iste'mol qiliş kasallikdan töliq xalos eta olmaydi, şifokor belgilagan dori-darmonlarning örnini töliq bosa olmaydi.

5. Agar kişida gemoglobin miqdori pasaygan bölsa yoki anemiya (kamqonlik) diagnozi qöyilgan bölsa, gilos bu xastaliklardan qutilişda qöl keladi. Bunday kişi özini gilos iste'mol qilişdan tiyişi yoki çeklaşi foydali bölmaydi, aksinça, uni bor-yöği bir hafta davomida muntazam iste'mol qilib, gemoglobin miqdorini kötariş va anemiyadan foriğ böliş mumkin.