Hindiston boş vaziri Narendra Modi juma kuni şimoli-şarqiy Assam ştatida mamlakatdagi eng uzun köprik "Dxola-Sadiya"ning oçiliş marosimida iştirok etdi. Köprik hattoki tanklar ötişiga ham bardoşli.

Tadbir mahalliy televideniye orqali jonli efirda uzatildi. Modi va ştat boş vaziri Sarbananda Sonoval korteji köprik orqali ötdi, şundan söng mamlakat boş vaziri undan piyoda ham yurib ötgan.

"Dxola-Sadiya" köprigining uzunligi 9,15 kilometrni taşkil qiladi, u avvalgi rekordçi - Mumbaydagi Rajiv Gandi köprigidan 3,5 kilometrga uzunroq. Nomiga köra, köprik Dxola aholi punkti va Sadiya şahrini boğlaydi. 

Köprik nafaqat Dxola va Sadiyani, balki şimoli-şarqiy Assam ştatini Arunaçal-Pradeş ştati bilan ham birlaştiradi. 

Hindiston OAVning ta'kidlaşiça, köprikning işga tuşirilişi armiya uçun alohida ahamiyatga ega, sababi Assamdan Xitoy bilan çegaradoş bölgan Arunaçal-Pareşga piyoda askarlarni yuboriş uçun ketadigan vaqt qisqaradi.