«Mançester Yunayted» jamoasi boş murabbiyi Joze Mourino yana 15 yil davomida işlamoqçi. BT Sport telekanali efirida u hali yölning yarmida ekanini aytib ötdi.
«Faoliyatim omadli keçmoqda. Men Ispaniyada, Italiyada, Portugaliyada va Angliyadagi derbilarda qatnaşdim. Barça kuboklar finallarida qatnaşdim va sovrinlar uçun kuraşdim. Bu zör hayotiy tajriba. Bugun ham faoliyatimni mamnuniyat bilan yakunlaşim mumkin, ammo hali yölning yarmidaman. Oldinda yana 15 yil bor.
«Mançester Yunayted» haqida gapirsam, men hali heç narsa qilmadim. Masalan, Basbi va Fergyuson – bu ikki afsona köpgina sovrin yutgan. Ularning yutuqlariga qarar ekanman, men hali heç qanday yutuqqa erişmaganimni bilaman. Men «MYu»da olgan sovrinlar hali heç narsa emas, bu yetarli emas.
Ba'zida men ortga qarayman va tuşunamanki, köp iş bajarib qöydim. Bu köpçilik avval qilmagan işlar. Heç qaysi menejyer Ispaniya, Italiya va Angliya çempionatlarida men körsatgan natijalarni körsata olmagan.
Biz «Anderlext»ni yutganimizda, menga aytişdiki, 10 martadan yevrokubok yarim finallarida iştirok etgan ser Aleks va Jovanni Trapattonining natijalarini takrorlabman. Ammo ular allaqaçon faoliyatlarini yakunlaşgan. Menda esa hali yarimfinallarda öynaş uçun imkoniyat böladi. Menda faxrlaniş uçun sabab köp», — degan Mourino.












