Organizmni tozalashga yordam beruvchi mahsulotlar nomi ma'lum qilindi

Foto: Fotolia
Amerikalik olimlar qanday mahsulotlar organizmni tozalashga yordam berishini ma'lum qilishdi. Mutaxassislar fikricha, inson organizmi har kuni katta miqdordagi yegulikni qayta ishlovchi o‘ziga xos filtr hisoblanadi. "Ortodoks" tibbiy portalida ta'kidlanishicha, zararli moddalarning aksariyati "filtr"ni ifloslantiradi, shu bois organizmga tozalanishga yordam beruvchi mahsulotlar ro‘yxati taqdim etildi.
Sarimsoq - ana shunday mahsulotlardan biri. U biologik faol selen va oltingugurt sekretsiyasini oshirish xususiyatiga ega - bu detoksikatsiya jarayoni (toksinlarning organizmdan yo‘qolishi) uchun eng muhim ikki komponent hisoblanadi.
Undan keyingi o‘rinda - ko‘katlar. Petrushka, ismaloq va ukrop ovqat hazm qilish tizimini tozalashni yaxshi uddalaydi. Ularda zararli bakteriyalarning ko‘payishiga to‘sqinlik qiluvchi xlorofil mavjud.
Ro‘yxatda shuningdek sitrus mevalar ham qayd etilgan. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, tongni yangi tayyorlangan sitrus meva sharbati bilan boshlash kerak, shunda organizmingiz sizdan minnatdor bo‘ladi. Tsitruslarda ko‘p bo‘lgan S vitamini olimlar tomonidan detoksikatsiyada qatnashuvchi eng muhim elementlardan biri sifatida tan olingan.
Bundan tashqari, piyoz, brokkoli, bryussel karami, sparja, lavlagi va sabzi ham organizmni tozalashda yordam beradi.
Agar ratsioningizda shu mahsulotlar bo‘lsa, oshqozon-ichak trakti soat kabi ishlaydi. Dengiz o‘simliklari juda noyob elementlar - spirulin va xlorelga boy bo‘ladi. Bu elementlarni oddiy oziq-ovqat mahsulotlarida topishning deyarli iloji yo‘q. Tibbiyot xodimlarining ta'kidlashicha, dengiz karami va boshqa suvosti o‘simliklari eng yaxshi "tozalovchi" vositalardan biridir.
Shuningdek shifokorlar zaytun yog‘i, qovoq va kungaboqar pistalari, yong‘oqlar, avokado iste'mol qilishni va ko‘k choy ichishni tavsiya qilishadi.
Tavsiya etamiz
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya hujumidan keyin Dniproda kamida sakkiz kishi jarohat oldi
Jahon | 13:40
-
Yetakchi institutlar Germaniyaning iqtisodiy o‘sish prognozini pasaytirdi
Jahon | 13:39
-
Andijonda Damas oldinda ketayotgan traktorga borib urildi
O‘zbekiston | 13:35
-
O‘zbekistonda doimiy aholining necha foizi mehnatga layoqatli?
O‘zbekiston | 13:34
Mavzuga oid

10:53 / 30.03.2025
Olimlar hech qanday tirik jonzotga o‘xshamaydigan organizmni topishdi

01:03 / 11.01.2021
Olimlar koronavirusning organizmda ko‘payishini to‘xtatuvchi fermentni aniqlashdi

12:26 / 12.03.2020
Karantin ahamiyatiga ega bo‘lgan zararli organizmlar ro‘yxati tasdiqlanmoqda

22:33 / 22.12.2019