Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin o‘zbekistonlikni Do‘stlik ordeni bilan mukofotladi
24 may kuni Kremlda Rossiya Federatsiyasining davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
«Nuz.uz» Kreml matbuot xizmatiga tayanib yozishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston jangchi-faxriylar va baynalmilalchilar birlashmasi raisi Tal'at Murodovni Do‘stlik ordeni bilan mukofotlagan.
Ilm-fan, sanoat, madaniyat, sog‘liqni saqlash va sport sohasida faoliyat yuritib kelayotgan jami 30 nafar atoqli arboblar orden va faxriy unvonlar bilan taqdirlangan.
Rossiya Federatsiyasi rahbari, shuningdek, Rossiya Qurolli kuchlari Maxsus operatsiyalar kuchlari guruhi ofitserlariga Suriyada terrorchilarga qarshi kurashga qo‘shgan hissasi uchun davlat mukofotlarini topshirgan: Halabda 16 kishi bo‘lib ikki kun davomida 300 jangarining hujumini qaytarib, qahramonlik ko‘rsatgan harbiylar mukofotlarga sazovor bo‘lgan.
Mavzuga oid
08:40 / 06.06.2026
Kremlda Putin va Shryoder o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
20:34 / 05.06.2026
Bu xat qo‘pollik unsurlariga ega - Putin Zelenskiyning xati haqida
17:01 / 05.06.2026
«Oreshnik» hali jangovar qo‘llangani yo‘q – Putin
14:21 / 05.06.2026