Rio-de-Janeyro Olimpiadasi çempionlaridan biri, Braziliyadan qaytganidan keyin musobaqalarda va OAVda köriniş bermagan Şahobiddin Zoirov yana ringga çiqa boşladi. Olimpiadada 52 kg vazn toifasida oltin medal olgan boksçi endilikda 56 kg vazn toifasidagi bellaşuvlarda iştirok etadi.
Sports.uz naşri bergan xabarga köra, uşbu boksçi yangi vazndagi imkoniyatlarini Rossiyaning Xabarovsk şahrida bölib ötgan Konstantin Korotkov xotira turnirida sinovdan ötkazdi.
Finalgaça ötgan bellaşuvlarda mezbon boksçilar – Uyan Irgit, Ivan Blinda va belaruslik Dmitriy Asanovni katta ustunlik bilan yenggan Zoirov oltin medal uçun rossiyalik Ovik Oganesyan bilan raqobatlaşdi.
Hal qiluvçi bellaşuvda Şahobiddin Zoirov raqibini 5:0 hisobida mağlubiyatga uçratib, şohsupaning eng yuqori poğonasiga kötarildi.












