Rossiyaning Xabarovsk shahrida bir o‘zbekistonlik kuchishlatar tuzilmalar tomonidan kaltaklanganidan keyin vafot etgani aytilmoqda. O‘zbekiston xolis tergov so‘rab, nota yubordi. Deputat Alisher Qodirov RFdagi vatandoshlarni u yerdan ketishga chaqirdi. Bu voqea bilan deyarli bir vaqtda Xabarovskda o‘zbeklardan tashqari, o‘nlab qirg‘izlar ham kaltaklangan.

Deputat Alisher Qodirov Rossiyadagi o‘zbekistonliklarga murojaat bilan chiqib, ularni Rossiyadan tezroq ketishga da’vat qildi. Uning bu murojaati Xabarovsk shahridagi mash’um voqea bilan bilan bog‘liq.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotga ko‘ra, 2025 yil dekabr oyi o‘rtalarida Uzoq Sharqdagi Xabarovsk shahridagi kafelardan birida kuchishlatar tuzilmalari o‘tkazgan reydda markaziy osiyolik muhojirlar kaltaklangan. Natijada ikki o‘zbekistonlik komaga tushib qolib, ulardan biri vafot etgani aytilyapti.

2 yanvar kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi holat yuzasidan xolis va qonuniy tergov o‘tkazishni so‘rab, Rossiya tomoniga nota yuborilganini ma’lum qildi. Hozirda vafot etgan o‘zbekistonlikning jasadini vatanga qaytarish choralari ko‘rilyapti.

Vazirlik xabarida vatandoshning o‘limiga nima sabab bo‘lgani haqida rasman tasdiqlangan ma’lumot yo‘qligi aytilgan. Komaga tushib qolgani aytilgan ikkinchi o‘zbekistonlik haqidagi ma’lumot esa tasdiqlanmadi, deyiladi TIV axborotida.

Oliy Majlis deputati, “Milliy tiklanish” partiyasi raisi Alisher Qodirov bu voqeadan keyin Rossiyadagi vatandoshlarga murojaat qilib, ularni Rossiyadan tezroq ketishga chaqirdi.

“Ishoning, vaziyat oy sayin faqat yomonlashadi.

Rus maxsus xizmatlari markaziy osiyoliklarni Rossiyada kutilayotgan notinchliklarning faol ishtirokchisi sifatida taxmin qilmoqda, shu sababli ulardan keladigan foydadan allaqachon kechib bo‘lingan.

Aqlingizni ishlating, Rossiyadan tezroq keting! Hech qanday daromad ota-onalar va farzandlaringizning ko‘z yoshiga arzimaydi!” – deb yozdi Alisher Qodirov o‘z Telegram-kanalida.

Qayd etish kerak, dekabr oyi o‘rtalarida Xabarovskda Qirg‘iziston fuqarolari ham OMON xodimlari tomonidan kaltaklangani haqida xabarlar tarqalgan edi. “Ozodlik” radiosi gaplashgan qirg‘izlarning