AQŞ prezidenti Donald Trampning xizmat maşinasi Bryusseldagi saroy eşigidan kira olmadi, bunga avtomobil juda ulkan bölgani sabab edi. La Libre Belgique xabariga köra, u bu saroyda qirol Filipp qabulida bölişi belgilangandi.
Natijada u saroy eşigidan soqçilari hamrohligida piyoda ötişiga töğri kelgan.
Trampning oğirligi 8 tonnadan oşiq, uzunligi 5,5 metr bölgan limuzini «Maxluq» (The Beast) deb nomlangan. Uning eşiklari 20, oynalari esa 12 santimetrli zirh bilan jihozlangan. 1,2 million dollar turadigan avtomobil yirik kalibrli qurol öqiga bardoş beradi.

Bundan oldinroq Donald Tramp NATOning Bryusseldagi yangi boş qarorgohini közdan keçiriş çoğida uning oldida turib olgan Çernogoriya boş vaziri Duşko Markoviçni öziga joy oçiş uçun itarib yuborgani videosi tarqalgandi.












