Rossiyalik oligarx Alişer Usmonov muxolifatdagi siyosatçi, «Korrupsiyaga qarşi kuraşiş» fondi yetakçisi Aleksey Navalniyga nisbatan ikkinçi marta murojaat qilib, unga ikkinçi marta «tuflagaç», muxolifatçi bunga qisqaça javob berdi.
Eslatib ötamiz, 2018 yilgi Rossiya prezidenti saylovlariga öz nomzodini ilgari surgan Aleksey Navalniy Alişer Usmonov tomonidan mamlakat boş vaziri Dmitriy Medvedevga Rublyovka turar joy maskanida joylaşgan haşamatli turar-joy pora sifatida berilganini da'vo qilib keladi.
Alişer Usmonovdan yangi videomurojaat: «Tuf senga yana bir marta»
Usmonov esa, öz navbatida, bu gaplarning hammasini tuhmat, deya ta'kidlab kelmoqda. U hatto Navalniyning bu masala yuzasidan debatda qatnaşiş çaqiriğiga ham rad javobini berib, «debat endi sudda böladi», degan.
Navalniyning uşbu çiqişida bayon qilgan fikriça, Kreml Medvedevni himoya qiliş uçun Usmonovdan qalqon sifatida foydalanmoqda. Navalniy Usmonovning korruptsioner ekanligini isbotlab berişini ta'kidlab ötgan. Navalniy öz saylov kampaniyasi maqsadlaridan biri ham siyosiy kun tartibiga rus oligarxlari, ayniqsa xomaşyo oligarxlari kim ekanligi masalasini qöyişdan ham iborat ekanligini aytib ötgan.
«Çunki ular iqtisodiyot tuzilmasi, jamiyat tuzilmasini vayron qilişadi, biznesning nima ekanligi haqida aholi örtasida notöğri tuşunça şakllanişiga sabab bölişadi, — deydi Navalniy. — Ular aholi örtasida biznesmenlarga nafrat uyğonişiga sabab bölişadi. Çunki esi joyida bölgan har qanday odam, mana şunday, «mendan keçirim söraşlaring kerak», deb turgan başaraga qarab, prinsip jihatidan biznesga salbiy munosabatda böla boşlaydi».
«Usmonov bilan mubohasa biz uçun muhim, men jon deb unda iştirok etaman va uning gaplariga javoban hali batafsil video çiqaraman», — degan Navalniy.
30 may kuni Moskva şahar, Lyublino rayon sudida Alişer Usmonovning Navalniy ustidan qadr-qimmatni himoya qiliş masalasidagi da'vosi yuzasidan sud majlisi bölib ötadi.












