Asli kelib çiqişi özbekistonlik bölgan rossiyalik tadbirkor Alişer Usmonov «VKontakte» ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida yangi videomurojaatini e'lon qildi. Unda Usmonov muxolifatçi Aleksey Navalniyni Mixail Bulgakovning «It yurak» asari qahramoni Poligraf Şarikov bilan taqqoslagan.

«Mana sen, Aleksey Poligrafoviç, munosib davomçiga aylanmoqdasan. Biroq, agarda Şarikov kitobda şunçaki tentak va savodsiz odam bölsa, sen undan ham uzoqroqqa qarab ketayapsan. Sen nafaqat safsataboz, balki juda ham badiiy yolğonçisan», - dedi tadbirkor.

Şuningdek, uning ta'kidlaşiça, muxolifatçidan debatlarga taklifni emas, balki uzr söraşini kutgandi.

«Bizning debatlar sudda böladi, Aleksey Poligrafoviç Navalniy. Tuf senga yana bir marta», - dedi u.

Bundan taşqari, Usmonov özining ilk videomurojaati haqida öz fikrini, jumladan, «juda yomon» bölsa ham, bildirgan barçaga minnatdorlik izhor qildi.

Avvalroq Alişer Usmonovning birinçi videomurojaati hamda unga Navalniy qaytargan javobi haqida maqolalar taqdim etilgandi.