1 iyundan boşlab "GM Uzbekistan" barça avtomobillari sömda sotilişi yölga qöyiladi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26 maydagi PQ-3010-sonli "Jyeneral Motors Özbekiston" AJ tomonidan işlab çiqarilayotgan mahsulotlar narxlarini şakllantirişni takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi qarorida belgilangan.

Qarorning 1-bandida "Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va "Özavtosanoat" AKning 2017 yil 1 iyundan içki bozorda "Jyeneral Motors Özbekiston" AJning barça turdagi yengil avtomobillarini milliy valyuta - sömda sotiş borasidagi taklifi ma'qullansin" deyiladi.

2-bandida 2017 yil 1 iyungaça bölgan muddatda tuzilgan barça şartnomalar avvalgi tartib böyiça amalga oşirilişi belgilangan. Şuningdek, eksport hajmini mahsulotlarni sotiş bozorlarini yanada diversifikatsiyalaş va eksport qilinuvçi mahsulot nomenklaturasi, taşqi bozorlarda pozitsiyalarni mustahkamlaş hisobiga oşiriş; işlab çiqariş hajmini yangi raqobatbardoş mahsulotni özlaştirişga qaratilgan investitsion loyihalarni amalga oşiriş hisobiga oşiriş; sohada ehtiyot qismlar importini qisqartiriş, investitsiyalarni jalb qilgan holda mahalliylaştirişni çuqurlaştiriş çoralarini köriş ta'kidlangan.

Şuningdek, Vazirlar Mahkamasiga bir haftalik muddatda uşbu qarorni amalga oşiriş böyiça tegişli qarorni qabul qiliş buyurilgan. Uşbu qarorning bajarilişini nazorat qiliş Özbekiston boş vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklangan.  

Avvalroq Kun.uz GM Uzbekistan kompaniyasi özi işlab çiqarayotgan bir qator avtomobillarning narxlarini oşirişi, bu haqda vaziyatdan xabardor manbalar ma'lum qilgani haqida xabar bergandi. 

Manbalarning xabar berişiça, Vazirlar Mahkamasining narxlar böyiça qarori ham çiqişi kutilmoqda. Ayni damda bu masala körib çiqilmoqda.