Bangladeshda kamdan-kam uchraydigan irsiy kasallik – progeriyaga ega chaqalok dunyoga keldi.
U "Benjamin Battonning sirli voqeasi" filmidagi bosh qahramonga qiyoslandi. Bu filmda avval qari odam ko‘rinishida tug‘ilib, yoshi o‘tgan sari qarish o‘rniga, yosharuvchi odam haqida so‘zlangan.
Progeriya kasalligida organizm bolalikdan boshlanuvchi tez qarishga uchraydi. Ushbu kasallik ateroskleroz paydo bo‘lishiga olib keladi va buning oqibatida yurak kasalligi avj oladi.
Progeriya bilan kasallanganlar odatda taxminan 13 yil umr ko‘radilar. Biroq ba'zi hollarda bunday kasallikka uchragan bolalar 20 yoshgacha ham yashashlari mumkin.
Dunyoda progeriya bilan kasallanish qayd qilingan holatlar 80 tadan oshmaydi.











