Şvetsiyaning butun boşli şahri vayron böliş xavfi ostida qolgani sababli uning aholisi uylari bilan birga köçişiga töğri kelmoqda.
Kirunadagi birinçi uy köçişi. Foto Noella Yoxansson
2017 yil mayida Şvetsiyaning Kiruna şahrida ayrim tarixiy binolar va uylarni transport vositalariga yuklab, boşqa joyga köçiriş işlari boşlab yuborildi. Binolarning köçişi bilan 18 ming kişi istiqomat qiladigan şaharçani 3 km şarqqa köçiriş rejasiga start berildi. Bu yaqin oradagi temir koni hududi kengayişi bilan boğliq. Gap şundaki, buning oqibatida poydevorlar yerga botib, vayron böliş xavfi kuçayib borayotgani sababli, şahar yerga çökib ketişi mumkin. Tjournal.ru şu haqda hikoya qiladi.
Mana bir neça yildirki, konga egalik qiluvçi toğ-kon kompaniyasi köçiş işlariga 1 mlrd dollardan ortiq mablağ sarflab, şaharni qutqarib qolişga urinmoqda. «Köçiş» loyihasi mualliflari 3 ming xonadon va bir neça yuzlab uylarning barçasini birdek saqlab qolişning imkoni yöqligini yaxşi anglasa-da, — eskisining yaqinida yangi şaharga asos solişga harakat qilib, global iqlim özgarişidan xavotir olayotgan aholiga namuna bölişga urinmoqda.
Doimiy xavf-xatar
Şvetsiyaning 19-asr oxirida taşkil etilgan eng şimoliy şahri – Kiruna taqdiri bevosita dunyoning eng yirik Kjeronavare temir koni bilan boğliq. Kiruna LKAB kompaniyasi bilan birgalikda şu yerga kelgan işçilar uçun vatan bölib qoldi.
LKAB uzoq vaqt mobaynida şahardan xavfsiz masofada temir rudalarini qazib oliş bilan şuğullandi. Biroq, 1962 yili kompaniya ulkan şaxtani qurişni boşladi. Yil sayin u yiriklaşib bordi. Iş şu darajaga bordiki, işçilar ayni vaqtda deyarli Kiruna şahri ostini kovlab, temir rudalarini qazib olişmoqda.
Bu esa, hamma uçun birdek muammo, boş oğriqqa aylandi. Rudalarni qazib oliş vaqtida konçilar yer osti portlaşlarini amalga oşirişadi. Söngra böş joylarni tuproq bilan töldirişadi. Biroq, bunday mustahkamlaş şahar xavfsizligini yetarliça ta'minlay olmayapti. Poydevor asta-sekinlik bilan buzilmoqda va kun kelib, Kiruna şunçaki yer ostiga çökib ketişi mumkin.
The New York Times naşrining hisob-kitoblariga köra, Şvetsiya şahri ulkan fojia röy berişidan avval yana 100 yillik muddati bor. Mahalliy aholining aytişiça, ular ehtimoliy oqibatlardan ötgan asrning 80-yillarida ogohlantirilgan, ammo bunga jiddiy e'tibor berişmagan. Uylar yonidagi ilk yoriqlar esa 2003 yildayoq qayd etila boşlangandi.
Mavzuga oid
Foto Vice
2004 yil aprelida Kiruna şahar hokimligi LKAB kompaniyasidan kon hududini navbatdagi kengaytirişi xususidagi ogohlantiriş maktubini olgan. Bu şuni anglatar ediki, rudalarni qazib oliş uçun yangi hudud oçilgudek bölsa, 3 ming xonadon, 200ta xususiy uy va köplab tarixiy, savdo va mehmonxona komplekslari xavf ostida qoladi. Kompaniya vakiliga köra, konning çuqurlaşuvi fojia ehtimolini kamaytiradi, ammo Kiruna hukumati nimadir qiliş kerakligini tuşunib yetdi.
“Ularning oldida esa 2ta yöldan birini tanlaş ixtiyori bor edi. Konni yopib, ommaviy işsizlikka ega böliş yoki şaharni köçiriş”, - deydi White Arkitekter kompaniyasi xodimi Mikayel Stenkvist.
Aytiş joizki, unça yirik bölmagan konçilar şaharçalarini köçiriş jahon amaliyotida amalga oşirilgan işdir. Xususan, Xitoy va AQŞda konlar aholi punktlariga yaqinlaşganida köçiriş işlari amalga oşirilgan. Bunday holatlarda, odatda şaharlar yangidan barpo etiladi, yangi uylar, maktablar va şifoxonalar uçun mablağlarni davlat tölaydi.
Biroq, Kirunada nafaqat LKAB kompaniyasi xodimlari istiqomat qiladi. Laplandiya şahri özining tarixiy binolari bilan ham maşhur. Masalan, yoğoçdan qurilgan qizil çerkov 2001 yili Şvetsiyaning eng çiroyli binosi deb tan olingan. Şunçaki bino va inşootlarni buziş bilan aynan şu kabi binolarni tomoşa qiliş uçun kelayotgan sayyohlar oqimini keskin kamaytirib yuboriş yaramaydi.
Bir neça oylik muhokamalardan söng, Kiruna hokimligi «Biz şaharni köçiramiz» deya e'lon qildi.
Buyuk köçiş
Rejaga köra, kelasi 20-30 yilda barça 18 ming aholi kondan xavfsiz masofada bölişi kerak. Albatta, Şvetsiya şahri barça uylar va infratuzilmalarni töliq yangi joyga köçiriş imkonsiz ekanini anglab turibdi. Binolarning aksariyati buziladi, biroq hokimlik va LKAB «şahar tarixi»ni qanday saqlab qoliş borasida hamkorlik qilişga kelişib oldi.
Köçiş loyihasi 3 yil davom etdi. 2005 yili hukumat şimolda yangi tuman barpo qilişni taklif etdi. Biroq, u yerda bir neça ön yillar muqaddam faoliyat körsatgan eski konlar borligi bu fikrni yöqqa çiqardi. Tomonlar yangi şaharning joyi xususida uzoq vaqt kelişa olmadi, ammo keyinçalik loyihaçilar şarqdagi tepalikka e'tibor qaratişdi.
2007 yili şahar kengaşi şahar markazi (temir yöl, trassa va içimlik suv tarmoği) va asosiy tarixiy binolarni xavfli kondan 3 km şimoli-şarqqa köçirişga qaror qildi. Bu loyiha 1 mlrd dollar deb baholandi, LKAB kompaniyasi xarajatlarning katta qismini öz zimmasiga olişga va'da berdi.
Köçiş loyihasi
Ta'kidlaş lozim, hatto LKAB ekspertlari ham loyihaning umumiy qiymati qança bölişini hatto taxmin qila olişmayapti. Çunki u bir neça 10 yilga möljallangan. Şunday qilib, şahar bosqiçma-bosqiç şarqqa köçiriladi. Dastlab, bevosita konga yaqin tumanlar, söngra Kirunaning boşqa hududi köçadi.
Arxitektor Mikael Stenkvist esa loyihani «xavfdan asta-sekinlik bilan qoçişga urinadigan ulkan mingoyoq»qa qiyosladi. Birinçi bosqiç 2015 yildayoq boşlanişi kerak edi, ammo bu vaqtga kelib, işçilar köçişi belgilangan uylarning bir qismini buzib bölişdi, xolos.
Ayni vaqtda, Kirunaning boşqa hududi vayron bölişni boşladi. 60-yillardagi tuproqlarning çökişi şaharning konga yaqin hududiga katta zarar yetkazdi. Sönggi bir neça yil davomida şahar temir yöl vokzali, hokimlik binosini boy berdi.
The New York Times gazetasiga köra, 400 oiladan köproq xonadon öz uylarini tark etgan. Şahar aholisining asosiy qismi 2020 yildan köçişni boşlaydi. Şartnoma şartlariga köra, LKAB şaharliklar xonadonining 125 foiz qiymatini tölab ularni xarid qiladi. Ular bu pulga yangi tumanda uy xarid qilişlari mumkin böladi.
Yangi hududda hokimlikning yangi binosi qurilişi boşlab yuborilgan. Yangi markazdagi turarjoylar joriy yil yozidan boşlanadi.
Köçiş loyihasi
Yangi şahar
Şaharni köçiriş işlari bilan White Arkitekter quriliş kompaniyasi şuğullanmoqda. Uning xodimlari şaharni yangi joyga köçirişni «katta sinov» deb baholaşdi va köçirişning 20 yillik rejasini taqdim etişdi.
Arxitektorlarning aytişlariça, eng murakkab jarayon binolarni köçiriş va ularning atrofida yangi şaharni barpo qiliş barobarida mahalliy madaniyat va mentalitetni avvalgidek saqlab qolişdir. «Yangi Kiruna» quruvçilariga öz harakatlarida erkinlik taqdim etilgan bölsa-da, ular şoşişga majbur. Çunki, eski şaharni istalgan vaqtda yer «yutişi» mumkin.
Loyiha mualliflari şahar markazini jamoat joylari, maydonlar va dökonlari bölgan hamda kişilarni jalb eta oladigan hududga aylantirişni öylaşmoqda. Bunda eski şahardan köçirib keltirilgan tarixiy binolar muhim ahamiyat kasb etadi. Şuningdek, buzilgan uylardan çiqqan quriliş materiallarining yaroqlilari yangi şaharni barpo etişda qöllaniladi. Konçilar faoliyati tahdid solmayotgan eski şahar hududlari parklarga aylantiriladi.
Garçi reja böyiça köçiş uçun 20 yil belgilangan bölsa-da, White Arkitekter mutaxassislari loyiha 2100 yilda töliq tugallanişini aytişmoqda. Bu vaqtga kelib, Kiruna «zamonaviy ekoşahar»ga aylanişi kerak.
Şaharning aksar aholisi allaqaçon bir neça yildan söng, boşqa Kirunada istiqomat qilişlarini tuşunib turişibdi. Ammo, köçiş qarorini barça birdek qabul qilmayotgan bölsa ham, ularning hammasi boşqa yöli yöqligini yaxşi anglaşmoqda. Nazariy jihatdan LKAB kompaniyasini konlarni yopişga majbur qiliş mumkin edi, ammo bu holatda işsizlik tufayli şahar huvillab qolardi. Hokim örinbosari Niklay Siren The Atlantic muxbiri bilan suhbatda «konsiz şahar, şaharsiz kon yöq, ular özaro uyğunlikda mavjuddir», degan fikrni bildirgan.
Kiruna aholisining ba'zilari, hatto, loyiha işlab çiqarilayotgan yillarda köçiş amalga oşişiga şubha bilan qaraşgan. Biroq, xavfsiz hudud barpo etilişidan avvalroq, muammolar paydo böla boşladi. Şvetsiyaning Norrländska Socialdemokraten gazetasi yozişiça, «Yangi Kiruna» tuproğida zararli moddalar: kobalt, mis, qörğoşin va nikelning yuqori miqdorli aralaşmasi borligi aniqlandi. Şu sababli yangi şahardagi yangi uylar qurilişi çözilib ketişi mumkin.
Bundan taşqari, ayrimlar LKAB kompaniyasi yana bir marta kon hududini kengaytirişga qaror qilsa, 3 km.ga köçiş yetarli emas, deb hisoblamoqda. Yer xöjaligini rivojlantiriş departamenti rahbari Yeva Ekelundning sözlariga köra, yangi şahar markazi ostida ham temir rudasi koni joylaşgan. Bu esa, konçilar istalgan vaqtda bu yerda ham qazib oliş işlarini ötkazişi mumkinligini anglatadi.
«Yangii Kiruna» markazi rejasi
Ayrim uylar qisman köçiriladigan bölsa, boşqalari töliq olib ötiladi. Şahar köçişi e'lon qilinganidan 13 yil ötib, 24 may kuni LKAB xodimlari ilk bino — Kirunadagi ilk uylardan biri, şahar va toğ-kon firmasi asosçisi Xyalmar Lundbom qurgan uy yirik yuk maşinasida yangi joyga köçirildi. Muzeyga aylantirilgan uy ham köçiriladigan binolar röyxatiga kiritilgan edi.
Foto Noella Yoxansson
Umuman, 2017 yilda 8ta tarixiy bino köçiriladi. Bunda köçişning eng murakkab bosqiçlaridan biri bu çerkovni köçirişdir. Dastlab uning yoğoçlarini olib, «Yangi Kiruna» markazida qaytadan tiklaşni rejalaşdi. Ammo, bu Şvetsiyaning eng çiroyli binosi uçun xavflidir. Stenkvistning ta'kidlaşiça, çerkovga biror kor-hol bölsa, uni fojia deyiş mumkin böladi. Şu sababli uni bir neça yuk maşinalari va kranlar yordamida köçirişga qaror qilindi.
Şuningdek, yangi hududda beşta mehmonxona, şifoxona, boşlanğiç maktab va sport markazi böladi. LKAB rejasiga köra, qizil çerkov tarixiy binolar orasida eng oxirida köçiriladi. Şu bilan Kiruna «Yangi Kiruna»ga aylanadi.
Şvetsiya şaharçasining tajribasi dunyoning boşqa mamlakatlarini qiziqtirib qöydi. Ular global iqlim isişi tahdid solgudek bölsa, Kiruna tajribasidan foydalanişni öylaşmoqda. Şahar ma'muriyatining aytişiça, agar ular yangi joyda tez va muvaffaqiyatli joylaşib olişsa, ekologik taşkilotlar va boşqa şaharlarga namuna böla olişadi.
Ta'kidlaş lozimki, Kiruna şahri aholisi qator noqulayliklarga qaramay, ilk imkoniyat bölgan vaqtdayoq, mamlakatning boşqa hududiga köçib ketmadi. Konlardagi portlaşlar va uy yer ostiga çökib ketişi ehtimolida istiqomat qilib kelgan aholi birlaşib, «Yangi Kiruna»da ham birga bölişga şaydirlar. Şahar kelajagiga doir yiğilişlardan birida, Piter ismli fuqaro: «Biz 125 yil yonma-yon yaşadik. Şuning uçun harakatlansak ham birga harakatlanamiz», degan balandparvoz, ammo haqiqat bölgan sözlarni aytgan edi.