AQŞ prezidenti Donald Tramp özining ilk xorijiy safarini yakunlab, vatanga qaytdi. U 20 maydan 27 mayga qadar Yaqin Şarqda va Yevropada bölib, bir neça sammitlarda, jumladan NATO hamda G7 sammitlarida iştirok etdi.

Uning safarining birinçi qismi, 20-24 may kunlari davomidagi taşriflari "katta dinlar markazlari böylab tur" böldi.

Avvaliga u Saudiya Arabistoniga keldi va qirol Salmon bilan uçraşib, musulmon mamlakatlari rahbarlari sammitida qatnaşdi. Bu taşrif davomida Saudiya Arabistoniga qurol-yaroğ yetkazib beriş böyiça yirik şartnoma tuzildi (350 milliard dollar).

Keyin amerikaliklar prezidenti Isroil hamda Falastinga taşrif buyurdi, u Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu hamda Falastin rahbari Mahmud Abbos bilan uçraşdi. U tomonlarni Yaqin Şarq muammosini tinç yöl bilan hal etişga çaqirdi. Bundan taşqari, u yahudiylarning Ğarbiy devori (yana bir nomi - Yiği devorlari)ga taşrif buyurgan ilk amerikalik prezident böldi. Uning "Katta dinlar markazlari böylab safari" Vatikanda yakunlandi, u Rim papasi Frantsisk bilan uçraşdi.

24-27 may kunlari davomida Tramp ikki sammitda qatnaşdi: Bryusselda NATO yetakçilarining 28-sammitida va Italiyada "Katta yettilik"ning 43-sammitida. U bu sammitlar doirasida Belgiya qiroli Filipp, Germaniya kansleri Angela Merkel, Fransiyaning yangi prezidenti Emmanuel Makron hamda Yaponiya boş vaziri Sinzo Abe bilan muzokaralar ötkazdi. Bundan taşqari, u Rimda, Vatikanga taşrifidan oldin Italiya prezidenti Serjio Matarella va boş vazir Paola Jyentiloni bilan muzokaralarda bölgandi.