Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 15 martdagi 72-son qarori bilan tasdiqlangan "Audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uçun yaratilgan dasturlarni takrorlaş, sotiş, prokatga beriş, şuningdek fonogrammalarni tayyorlaş böyiça faoliyat turlarini litsenziyalaş töğrisida Nizom” hamda Lisenziatlar bilan tuzilgan bitimining 3-bandiga muvofiq Lisenziat, EHM uçun yaratilgan dasturlarni takrorlaş, sotiş va prokatga beriş faoliyatini amalga oşirişda mualliflik huquqi va turdoş huquqlar töğrisidagi qonun hujjatlariga majburiy rioya qilinişini hamda zöravonlikni, pornografiyani, mamlakat xavfsizligi va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni, fuqarolar tinçligini, millatlararo va dinlararo totuvlikni buzişni, Özbekiston töğrisida notöğri axborotlar tarqatilişini hamda uning tarixiy, madaniy va ma'naviy boyliklari buzib körsatilişini tarğib qiluvçi EHM uçun yaratilgan dasturlarni sotişga yöl qöymaslikni ta'minlaşi belgilab qöyilgan.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi Ekspert komissiyasining 2017 yil 25 yanvardagi 1-son bayonnomasi bilan "Özbekiston Respublikasi hududiga olib kiriş, tayyorlaş va tarqatiş tavsiya etilmaydigan kompyuter öyinlari röyxati” tasdiqlangan. Şu maqsadda axborot va ommaviy kommunikatsiyalar sohasida faoliyat yurituvçi barça lisenziatlar nomlari quyidagi jadvalda keltirilgan kompyuter öyinlari nusxalarining tayyorlanişi, tarqatilişi va prokatga berilişiga yöl qöymasdan faoliyat olib borişlari talab etiladi.
Özbekiston Respublikasi hududiga olib kiriş, tayyorlaş va tarqatiş tavsiya etilmaydigan kompyuter öyinlari röyxati
1. Postal 2
2. Phantasmagoria Fantasmagoriya
3. Grand Theft Auto: San Andreas
4. Carmageddon
5. Mass effect
6. Dead space
7. Naughty bear
8. Mafia II
9. Call of duty: Black ops
10. Kane and Leanch 2: Dog days
11. Castlevania: Lords of Shadow
12. Assasin's Creed: Brotherhood
13. Fallout: New Vegas
14. Dead Rising
15. Manhunt
16. Mortal Kombat X
17. Manhunt II
18. Left 4 Dead 1,2,3












