29 mayda AQŞda mamlakatning 35-prezidenti Jon Fitsjyerald Kennedi tavalludining 100 yilligi nişonlanmoqda. Şu munosabat bilan Bostondagi Kennedi nomidagi Prezident kutubxonasida tantanali marosimlar bölib ötadi. Bu yerda "Jyey-Ef-Key - 100: davrlar va xotiralar " (JFK at 100: Milestones and Mementos) nomli körgazma oçildi.

Körgazmada Kennedining bolaligi va ösmirligi bilan boğliq eksponatlar, u Ikkinçi jahon uruşi vaqtida Tinç okeanida qömondonlik qilgan PT-109 kateridan bayroq, Oq uydagi örindiği, Kuba inqirozi davriga tegişli hujjatlar va uning fuqarolik huquqlari haqidagi nutqlarining qoralamalari namoyiş qilinadi.

Körgazmada namoyiş qilinadigan Kennediga tegişli buyumlardan ba'zilari, jumladan, uning quyoşdan saqlovçi közoynaklari, galstuklari, yaqinlari tomondan olgan sovğalari hali biror marta ommaga taqdim qilinmagan.

AQŞning poçta xizmati prezident tavalludining yubiley sanasi munosabati bilan marka çiqardi, Prezident kutubxonasi esa turli davlatlarda Kennedi nomi bilan atalgan joylar suratlari tanlovini taşkillaştirdi. 

AQŞ tarixida eng yoş prezident bölgan Kennedi 1917 yil 29 may kuni Massaçusets ştatining Bruklayn şaharçasida dunyoga kelgan. U Garvard universitetini bitirgaç, 1941 yilda AQŞ harbiy-dengiz kuçlari rezerviga xizmatga kirgan. Ikkinçi jahon uruşida Tinç okeanida torpedo katerlariga qömondonlik qilgan va medallar bilan taqdirlangan. Uruşdan keyin Massaçusets ştatidan AQŞ vakillar palatasiga, söngra Senatga saylangan. 1960 yildagi prezidentlik saylovlarida Respublikaçilar partiyasi nomzodi Riçard Nikson ustidan ğalaba qozonib, 43 yoşida AQŞ tarixidagi eng yoş prezidentga aylangan.

Kennedi 1963 yil 22 noyabrda Dallas şahriga safari davomida sobiq harbiy Li Xarvi Osvald tomondan öldirilgan. Biroq Kennedining öldirilişi haqida hali ham turli taxminlar bildirib kelinadi.

Butun dunyo Kennedining ölimidan larzaga kelgan. Kennedi öz nutqida aytgan ba'zi fikrlar hali ham öz dolzarbligini yöqotmagan: "Bizning oramizdagi umumiy jihat şuki, barçamiz bu sayyoraning odamlarimiz. Barçamiz bir havo bilan nafas olamiz. Farzandlarimiz kelajagi uçun yaşaymiz. Va barçamiz ölguvçimiz".

Cecil Stoughton/Reuters