AQŞ prezidenti Donald Tramp özining katta maslahatçisi va kuyovi Jared Kuşnerga töliq işonadi. Ma'lumki, Kuşner Rossiya vakillari bilan aloqada ayblanmoqda. Amerika yetakçisining bu bayonoti haqida The New York Times naşri yakşanba kungi (28 may) sonida maqola çop etdi.
«Jared mamlakat uçun ajoyib işni bajarmoqda. Men unga töliq işonaman. U deyarli barçaning hurmatiga sazovor bölgan. U, şuningdek, mamlakatimizga milliardlab dollarni tejaş imkonini beruvçi dasturlar ustida işlamoqda», — deya Tramp sözlarini keltiradi naşr.
Bundan taşqari, Amerika yetakçisiga köra, Kuşner — «juda yaxşi odam».
26 may kuni The Washington Post gazetasi mamlakat razvedkasi hisobotiga tayangan holda, Kuşner va Rossiyaning Vaşingtondagi elçisi Sergey Kislyak Trampning ötiş jamoasi va Kreml örtasida «maxfiy va xavfsiz aloqa kanali»ni taşkil etiş imkoniyatini muhokama qilişgan. Gazetaning yozişiça, Kislyak Moskvadagi rahbariyatiga Kuşner 2016 yil dekabr oyi boşida Nyu Yorkdagi Tramp-tauer binosida bölib ötgan uçraşuvda şunday taklifni bildirgani haqida ma'lum qilgan.
25 may kuni esa NBC News telekanali FQB Kuşnerga nisbatan «Rossiya işi» böyiça suriştiruv işlarini boşlab yuborgani haqida xabar qilgan edi. Telekanal manbalari, Kuşner «Rossiya hukumatining 2016 yilgi prezidentlik saylovlariga aralaşişga urinişlari»ga doir muhim ma'lumotga egaligini aytişgan.












