Fransiya prezidenti Emmanuel Makron rossiyalik va amerikalik hamkasblari Vladimir Putin va Donald Tramp bilan munosabatlarini "buzişni istamasligi"ni ma'lum qildi. U Journal du Dimanche'ga bergan intervyusida şunday bayonot bilan çiqdi. 

"Men Tramp bilan uçraşdim", - dedi fransuzlar yetakçisi va bu muzokaralar vaqtida u AQŞ prezidentini "eşitiş va tuşuniş"ga harakat qilganini qöşimça qildi. "Tramp biz öylaganimizdan-da oçiq inson bölib çiqdi. U töğridan töğri muloqot qilişni yoqtiradi. Öylaşimça, u bilan iliq munosabatlar örnata olamiz", - dedi Makron. 

Vladimir Putinga qanday munosabatda ekanligi töğrisidagi savolga siyosatçi "Rossiyani hurmat qilişi"ni aytgan. "Putinni 300 yillik diplomatik aloqalar doirasida Fransiyaga taklif qildim", - dedi Makron va u bilan talabçan muloqot olib boriş niyatida ekanini aytdi. - Biz mavjud barça muammolarni muhokama qilamiz".

Ta'kidlaş joizki, 29 may kuni Parijda Rossiya va Fransiya prezidentlari uçraşuvi bölib ötadi. Taşrif sabablaridan biri - Versalda Rossiya imperatori Pyotr I'ga bağişlangan körgazmaning oçilişi. Rossiya davlat rahbari yordamçisi Yuriy Uşakovning sözlariga köra, Putinning Fransiyaga taşrifi maqsadi prezidentlar tanişuvi, şuningdek ikki tomonlama munosbatlar va xalqaro kun tartibidagi masalalar böladi.