Öz zamonasining eng yaxşi futbolçilaridan biri Luiş Figu Kriştianu Ronaldu va Lionel Messini soliştirişdan voz keçdi. Gulf News'da şu mavzudagi xabar berildi.
Figu "Eng yaxşi öyinçi Messimi yoki Ronaldu?" degan savolga quyidagiça javob berdi: "Ularning ikkisi ham dunyoning eng yaxşi öyinçilari. Ulardan birini tanlab, "şunisi yaxşi" deyiş qiyin.
"Oxir-oqibat, Ronaldu va Messi - futbol olamidagi eng köp mukofotlarni qölga kiritgan öyinçilar va bu ularning futbolçi sifatidagi ulkan iste'dodidan dalolat beradi. Men heç qaçon ulardan birini tanlamagan bölardim", - qöşimça qildi Figu.
44 yoşli portugaliyalik futbol yulduzi - ham "Barselona", ham "Real Madrid" safida töp surgan öyinçilardan biri. "Ikki klubni bir-biriga taqqoslaş noörin - murakkab tanlov. Bu köproq La-Ligada qaysi klub ğalaba qozonişiga boğliq. Joriy yilda "Real" yaxşiroq öyin körsatdi va öylaşimça, jamoa bunga munosib", - dedi Figu.












