Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida «Qayta tiklanuvçi energiya böyiça Xalqaro Agentlik ustavini (Bonn, 2009 yil 26 yanvar) ratifikatsiya qiliş haqida»gi qonuni ratifikatsiya qilindi.
Senatorlarning fikriça, uşbu hujjatning ratifikatsiya qilinişi mamlakatning xorijiy davlatlar va xalqaro taşkilotlar bilan munosabatlarini yangi strategik bosqiçga olib çiqadi, keng qamrovli hamkorlikni yanada çuqurlaştirişga, mamlakatining eksport salohiyatini kuçaytirişga, yangi bozorlarni özlaştirişga, töqimaçilik mahsulotlari savdosini xalqaro kölamda yangi bosqiçga olib çiqişga, şuningdek, energiya tejovçi texnologiyalarni va qayta tiklanuvçi energiya manbalarini joriy etiş borasidagi hamkorlikni yanada kengaytirişga xizmat qiladi.
Özbekiston Qayta tiklanuvçi energiya böyiça Xalqaro Agentlik ustavini 2009 yilning 22 iyunida imzolagandi.
Ma'lumot örnida şuni aytiş kerakki, bugungi kunda dunyoning 100dan ziyod mamlakati Xalqaro tiklanuvçi energiya agentligi a'zosi sanaladi. Agentlik uşbu davlatlarning energetik salohiyatini oşiriş, tiklanuvçan energiya manbalari va texnologiyalarni rivojlantirişga kömaklaşib kelmoqda.
IRENA öz faoliyatini barqaror rivojlanişni ta'minlaş maqsadida tiklanuvçi energiya resurslarining barça turlarini ommalaştirişga, xususan, bioenergiya, gidroenergiya, quyoş va şamol energiyasidan foydalanişni kengaytiriş, energetik xavfsizlikni kuçaytirişga qaratgan. Agentlik, şuningdek, xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantiriş, tajriba almaşiş uçun ham asosiy platforma sanaladi.












