Zomin tumani hokimining qarori bilan taşkil etilgan “Zomin-agro-chorvachilik” agrofirmasiga rahbarlik qilib kelayotgan Ummat Karimovning köp ötmay fikri buzilib, noqonuniy yöllar bilan moddiy boylik orttirişni maqsad qildi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.

Viloyat xöjalik sudining ajrimiga köra, mazkur agrofirmaning 7 mln. 645 ming sömlik mol-mulkini “Jizzaxneftbaza” unitar korxonasi foydasiga va 43 mln. 580 ming sömlik mol-mulkini bank foydasiga undiriş yuzasidan çiqarilgan hal qiluv qarorlariga mas'uliyatsizlik bilan qaradi.

Sud ijroçilari tuman bölimi tomonidan mazkur hal qiluv qarorlari qonuniy kuçga kirgunga qadar agrofirmaning mulki xatlab qöyildi va mol-mulklarni uçinçi şaxsga ayirboşlaş taqiqlandi. Yanada aniqroq aytganda, agrofirmaga tegişli 4 gektar yerdagi makkajöxori, 4 gektar yerdagi poliz, 2 gektar yerdagi kunjut va 0,7 gektar maydondagi piyoz, umumiy hisobda 39 mln. 980 ming sömlik ekinlarga band solindi. Xatlangan bu mulk agrofirma rahbarlariga dalolatnoma asosida işonib topşirildi. Biroq rahbar şaxsiy manfaatini öylab, yuqorida körsatilgan mol-mulkni talon-toroj qilişga kirişdi.

Iş sudga oşgaç, u barça zararni qoplab berdi. Lekin jinoyat sodir etilgan edi. Sud hukmi bilan Ummat Karimov aybli, deb topildi va ikki yil muddatga axloq tuzatiş işlariga jalb etildi.