2017 yil 24 mayda Vazirlar Mahkamasining “Qarşi şahrida Abdulla Oripov nomidagi ona tili va adabiyoti fanini çuqurlaştirib öqitişga ixtisoslaştirilgan maktab-internatini taşkil etiş töğrisida”gi 312-son Qarori qabul qilindi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Belgilanişiça, 2017-2018 öquv yilida maktab-internatning 5-6-7-8-sinflariga hamda 2018-2019 öquv yilidan boşlab 5-sinfiga 30 nafardan öquvçilar qabul qilinadi. Xalq ta'limi vazirligiga maktab-internatning moddiy-texnika bazasi, pedagog kadrlarning salohiyati hamda ehtiyojdan kelib çiqqan holda keyingi yillarda öquvçilarni qabul qiliş kvotalariga özgartirişlar kiritiş huquqi berildi.
Tegişli davlat organlariga Qarşi şahridagi «Barkamol avlod» markazining öquv binosini rekonstruksiya qiliş, 50 örinli yotoqxona va oşxona binolarini quriş, şuningdek maktab-internatni öquv-laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikalari, öquv-metodik majmualar, metodik qöllanmalar va badiiy adabiyotlar bilan ta'minlaş böyiça topşiriqlar berildi.
Xalq ta'limi vazirligi Davlat test markazi bilan birgalikda 2017-2018 öquv yilidan boşlab maktab-internatga iqtidorli öquvçilarni saralab oliş maqsadida ona tili va çet tili fanlaridan test sinovi hamda psixologik-pedagogik diagnostika ötkazadi.
Hujjat davlat tilida qabul qilingan va 2017 yil 29 mayda kuçga kirdi.
Qarşida Abdulla Oripov nomidagi maktab-internat taşkil etildi
19:35 / 30.05.201720 6562 min

















