KXDR yetakçisi Kim Çen In navbatdagi raketa sinovida iştirok etdi. Şimoliy Koreya harbiylari bu safar yangi öta aniq yöllaş tizimini sinovdan ötkazdi, deb xabar qilmoqda KMTA (Koreya markaziy telegraf agentligi).
Şu bilan birga, xabarda sinov qaçon ötkazilganiga oydinlik kiritilmagan. KXDR sönggi bor 29 may kuni raketa uçirgan edi.
Ta'kidlanişiça, raketa "nişonni 7 metrga xato qilib yöq qilgan". Bundan taşqari, Şimoliy Koreya yetakçisiga ötiş tavsiflari yaxşilangan yangi gusenitsali öziyurar uçiriş uskunalarini ham namoyiş etişgan.
Raketa uçirilganidan keyin Kim Çen In "mudofaa sanoatining qudratini namoyiş qiliş va AQŞga yanada köproq "sovğalar" yuboriş uçun muvaffaqiyat qozoniş muhimligi"ni ta'kidlagan.
29 may kuni KXDR mamlakat şarqiy sohilidagi Vonsan şahri hududidan navbatdagi ballistik raketa sinovinii ötkazgan edi.
U 6 daqiqa parvoz qilib, 450 km masofani bosib ötdi. Janubiy Koreya uni "Skad" turidagi raketalarga kiritdi. Raketa Yaponiyaning iqtisodiy hududida Niigata prefekturasi Sado orolidan 500 km, Simane prefekturasi Oki orollaridan 300 km uzoqlikda qulagan.
Rasmiy Tokio bunga javoban "AQŞ bilan birgalikda Şimoliy Koreyaning popugini pasaytirib turiş uçun aniq qadamlar taşlanişi"ni bildirdi. Seul esa raketa sinovini "BMT XK rezolyutsiyasini oçiq-oydin buziş", deb baholadi.












