Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makron Putinning oldida rus jurnalistlarini josuslik va propagandada aybladi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron rossiyalik hamkasbi bilan uchrashganidan so‘ng o‘tkazgan matbuot anjumanida rossiyalik jurnalistning «Nega saylov shtabiga Russia Today qo‘yilmaganligi» xususidagi savollariga javob berdi.
«RT France» muxbiri Kseniya Fyodorova savolni Suriyadagi vaziyat haqida boshlab turib, so‘ngra quvlik bilan rossiyalik jurnalistlarning Fransiyadagi saylov kampaniyasini yoritishdagi ishtirokiga cheklovlarga burib yubordi:
«Sizning saylovoldi shtabingizga kirish uchun ruxsat tegishida rossiyalik jurnalistlarda ma'lum bir qiyinchiliklar bo‘ldi. Buni izohlay olasizmi? Xorijiy jurnalistlar bilan kelgusida munosabatlaringizni qay tarzda o‘rnatmoqchisiz?».
Emmanuel Makron:
- Savolning keyingi qismiga javobdan boshlay qolay. Bizning xorijiy jurnalistlar bilan munosabatlarimiz, agar ular chindan ham jurnalist bo‘lishsa — ajoyib tarzda qurilgan.
«Russia Today» va «Sputnik» — bular ta'sir etish qudratiga ega agentlar hisoblanadi, shu sababli ularni o‘zimning saylovoldi shtabimga qo‘shmadim. Barcha xorijiy jurnalistlar, jumladan ruslarnikida ham mening ma'muriyatim bilan aloqada bo‘lish uchun teng imkoniyat bor. Lekin hamma OAV ham o‘zini bu tarzda tutmaydi.
«Russia Today» va «Sputnik» o‘zini propaganda tarqatuvchi, ta'sir etishga urinuvchi agentlar sifatida tutishadi, bunga esa aslo toqat qilib bo‘lmaydi.
Video togo, kak Makron nazval telekanal RT i agenstvo Sputnik «organami ljivoy propagandy». pic.twitter.com/mwkHNKcOsN
— Exo Moskvy (@EchoMskRu) May 29, 2017
Qayd etish kerakki, bu so‘zlarni aytayotgan vaqtda Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning yonida turgandi.
Mavzuga oid
14:17 / 11.06.2026
Makron: Zelenskiy G7 sammitida ishtirok etadi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
10:10 / 21.04.2026
Fransiya va Polsha harbiy aloqa uchun sun’iy yo‘ldosh yaratadi
19:07 / 30.06.2025