Moskvada 29 mayda kuzatilgan dovul 1998 yilgi rekord darajadagi şamoldan kuçliroq böldi. Bu haqda Moskva meteobyurosi boş mutaxassisi Tatyana Pozdnyakova ma'lum qildi.
"Moskvada 29 maydagi şamol tezligi 28-30 m/soniyaga yetgan. Bunday kuçli şamol 1998 yil iyunida kuzatilgan. Öşanda Tuşino stansiyasida qayd qilingan şamol tezligi 27 m/soniyani taşkil qilgan. Bugungi kungaça bu Moskva hududida qayd qilingan eng kuçli şamol edi", deb ta'kidlab ötdi mutaxassis.
Pozdnyakovaning ta'kidlaşiça, faol atmosfera fronti Moskva bilan qöşni bölgan Kaluga va Vladimir viloyatlariga ötmoqda. Mutaxassisning aytişiça, bu viloyatlarda ham ob-havo yomonlaşadi. Pozdnyakovaning aytişiça, yaqin orada Moskvada dovul qaytarilmaydi.
"Moskvada şamol kuçli bölib qoladi, 15-20 m/soniyalik şamollar kuzatilişi mumkin, biroq bu xavfsizroq şamoldir. Ertaga havo yaxşi böladi, qisqa muddatli yomğirlar kuzatiladi, kuçli şamollar kutmayapmiz", deb aytdi Pozdnyakova.
29 may kuni Moskva şahri va Moskva viloyati soat 15:00larda faol atmosfera fronti hududida qolgan. Bu front dastlab kuçli şamol bilan, söngra jala va ba'zi joylarda momaqaldiroq va döl bilan keçgan. Oxirgi ma'lumotlarga köra, dovul oqibatida 11 kişi halok bölgan, 70 ga yaqin odam jarohat olgan.











