30-31 may kunlarida Duşanbe şahrida Tojikiston va Özbekiston örtasida hududiy va çegaraviy masalalar böyiça hukumatlararo komissiya yiğilişi bölib ötadi.
Asia-Plus xabariga köra, tomonlar çegara masalalaridagi tuşunmovçiliklarni butunlay bartaraf etişni rejalaştirgan.
Muzokaralarda Tojikiston tomonidan mamlakat taşqi işlar vaziri örinbosari Mahmadşarif Haqdod, Özbekiston tomonidan alohida topşiriqlar böyiça elçi Ilhom Ne'matov iştirok etadi.
Ma'lumotlarga köra, Özbekiston va Tojikiston örtasidagi çegaraning umumiy uzunligi 1332,9 kilometrni taşkil etadi - şundan 1227,98 km qismi quruqlikda, 105 km daryo orqali.
Bugungi kunda tojik-özbek çegarasining 60 kilometrlik qismi kelişilmagan holda qolmoqda.
Oxirgi marta 2012 yilning 20-22 fevral kunlarida Duşanbe şahrida hukumat delegatsiyalarining Özbekiston-Tojikiston Davlat çegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qiliş böyiça işçi guruhlari uçraşuvi bölib ötgandi. Öşanda muzokaralarda Özbekiston delegatsiyasiga öşa vaqtda Moliya vaziri hisoblangan Rustam Azimov rahbarlik qilgan, Tojikiston tomonidan respublika Xavfsizlik kengaşi boş kotibi Abdurahim Qahhorov iştirok etgan.
2016 yil aprelida Tojikiston va Özbekiston çegaraçilari Sobiq Ittifoq parçalanganidan buyon ilk marta çegaraviy hamkorlik masalalarini muhokama qilgan, 2016 yil iyunida ikki tomonlama muzokaralar ötkazilgandi. Ötgan yilning 16 noyabrida esa Özbekiston taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov tojikistonlik rasmiylar bilan çegara va suv masalalarini muhokama qiliş uçun Duşanbega bordi.
Ma'lumot uçun, 1999 yilda Tojikiston tomoni Özbekiston bilan çegaraning ayrim hududlarini jangarilar ötişidan himoyalaş uçun minalaştirgan va ayni vaqtga qadar bu hududlar tinç aholi vakillari uçun xavfli bölib qolmoqda.

















