Özbekistonda uy-joy kommunal, elektr va gaz ta'minoti xizmatlari körsatişning yagona billing tizimi taşkil etilmoqda. 

Özbekiston Prezidenti «Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib beriş hamda iste'mol qiliş sohasida tölov intizomini yanada mustahkamlaş, şuningdek, ijro işi yuritiş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmonni imzoladi.

Farmonda körsatilişiça, tizim iste'molçilar bilan özaro hisob-kitoblarning holati haqidagi haqqoniy ma'lumotlarni taqdim etadi va elektron tölov tizimlari bilan integratsiya qilinadi.

Mazkur tizim iste'molçilarga qarzdorlik mavjudligi töğrisidagi ma'lumotlarni elektron şaklda oliş hamda tölovlarni amalga oşiriş imkonini beradi. 

Şu bilan birga, Qarzdorlikni undiriş masalalari böyiça idoralararo elektron hamkorlikning yagona tizimi ham yaratiladi. 

Uşbu tizim jismoniy va yuridik şaxslarning mulkiy holati haqidagi ma'lumotlar bazasidan foydalangan holda qarzdorlikni undiriş samaradorligini oşiradi.