Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2017 yilning 25 may kuni «Öztadbirkoreksport» AJ faoliyati samaradorligini oşiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarorni imzoladi.
Qarorga köra, «Öztadbirkoreksport» AJ «Öztreyd» ixtisoslaştirilgan taşqi savdo kompaniyasi etib nomlandi.
Eslatib ötamiz, «Öztadbirkoreksport» AJ 2015 yilning dekabrida taşkil etilgan. Kompaniya kiçik va xususiy biznes sub'yektlari, dehqon va fermer xöjaliklariga öz mahsulotini eksport qilişda kömaklaşadi.
Xususan, «Öztadbirkoreksport» AJ kiçik va xususiy biznes sub'yektlariga xaridorlar topiş, sertifikatsiyalaş va mahsulotni xorijiy xaridor talabiga köra rasmiylaştiriş, bank, bojxona va boşqa hujjatlarni rasmiylaştirişda kompleks kömak beradi.
«Öztadbirkoreksport» AJ Uztrade elektron savdo maydonçasini rivojlantiriş böyiça faol işlamoqda. Unda mahalliy mahsulotlar, narxi, turi, yetkazib beriş şartlari, hamda boşqa xususiyatlari haqida ma'lumot berilgan holda joylaştirib boriladi.
Kompaniya rebrendingi haqidagi qaror kompaniyani xorijda yanada ilgari suriş, taşqi bozorlarda kompaniyaning işonçli va barqaror imidjini yaratiş, xorijiy şeriklar doirasini kengaytiriş maqsadida qabul qilingan.
Özbekiston rahbari «Öztreyd» funksiyalarini ham kengaytirdi. Kompaniya endilikda taşqi bozordagi talab va taklifni örganib, şu orqali tayyor raqobatbardoş mahsulotni işlab çiqarişga buyurtmani joylaştiriş böyiça tavsiyalar işlab çiqadi.
Kompaniya kiçik biznes sub'yektlari bilan hamkorlikda mahsulotni işlab çiqariş, saqlaş va qayta işlaş böyiça qöşma loyihalarni amalga oşiradi. U şuningdek, kiçik biznes sub'yektlariga mahsulotni sertifikatsiyalaş, reklama tadbirlarini ötkaziş, ularning xalqaro yarmarka va körgazmalarda iştirok etişi, mahsulot eksporti masalalari böyiça axborot va maslahat bilan ta'minlaş bilan ham şuğullanadi.
«Öztreyd» AJ dehqon va fermer xöjaliklariga qayta işlangan meva-sabzavot mahsulotni (yangidan taşqari) eksportga yönaltirişda ham kömak beradi.
Uning tarkibiga kiruvçi korxonalar respublika mintaqalaridagi mintaqaviy operator (filial) funksiyasini bajaradi.
«Öztreyd» AJ kompaniyaning xorijdagi savdo uylari orqali konsignatsiya şaroitlarida buğdoy va un eksportiga huquqni oldi.













