BMTning yangi kotibi Antoniu Guterriş Markaziy Osiyo böylab safarlari doirasida Özbekistonga keladi. Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi spiker örinbosari Boriy Alixonov Xalqaro Press-klubdagi tadbir davomida şu haqda xabar berdi. 

Manbaga köra, boş kotibning taşrifi iyun oyining birinçi yarmiga töğri keladi. Guterriş Özbekistonda Orol va Orolböyi mintaqasidagi vaziyat bilan yaqindan tanişib, ekologik obektlarda böladi. Şu örinda ta'kidlaş joizki, Özbekistonda BMT şafeligida Orol böyiça Xalqaro Konventsiya işlab çiqiladi va qabul qilinadi. 

Boriy Alixonovning ma'lum qilişiça, ötgan davr mobaynida Orol dengizi sathi 29 metrga pasaygan. U yerdagi 20 ta endemik baliq turidan birortasi qolmagan. Orol dengizining örnini Orolqum egallagan. Vazirlar mahkamasining qaroriga köra, Orol muammosi böyiça 4 milliard 8 million dollar qiymatidagi loyiha amalga oşiriladi. 

Antoniu Guterriş 2017 yilning 1 yanvaridan rasman BMT boş kotibi lavozimiga kirişgan. U bundan avval Portugaliya boş vaziri lavozimida ham faoliyat yuritgan.

Ta'kidlaş joizki, BMTning sobiq boş kotibi Pan Gi Mun 2010 yilning aprel oyida Özbekistonda bölgan.