«Atletiko»ning fransiyalik hujumçisi Antuan Grizmann klub rahbariyatiga jamoani tark etiş istagi borligini ma'lum qilgan. Bu haqda Deportes Cope jurnalisti Antonio Ruiz xabar berdi.

26 yoşli Grizmannga sönggi vaqtlarda «Mançester Yunayted» klubi jiddiy qiziqiş bildirmoqda. «Atletiko» esa uni boşqa jamoaga 85 mln funt evaziga qöyib yuborişi mumkinligini bildirgan. Avvalroq, Grizmann «MYu»ga ötiş imkoniyatlarini 60 foiz deb baholagani haqida xabarlar çiqqandi, biroq keyinçalik fransuz futbolçisi bu gaplarni inkor etib çiqqan. Ingliz klubi 26 yoşli futbolçiga 14 mln yevro maoş tölamoqçi.

Ispaniya çempionatining ötgan mavsumida Grizmann 36 öyinda maydonga tuşib, 16ta gol urgan va 9ta golli uzatmani amalga oşirgan.