IŞID terrorçilik guruhi bevosita terrorizmga qarşi kuraşda iştirok etayotgan davlatlar hududida "asimmetrik uruş" (ikki uruşayotgan tomonlar kuçi mos kelmaydigan uruş) olib borişga urinmoqda. MDH Aksilterror markazi rahbari, politsiya general-polkovnigi Andrey Novikov şunday fikrni bildirdi.
Duşanbe şahrida Tojikiston milliy xavfsizlik qömitasi hamkorligida MDH ATMning 2 kunlik yiğinlari boşlandi. Unda, Özbekiston, Tojikiston, Qirğiziston, Qozoğiston, Armaniston, Ozarboyjon va Belorussiya xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlarining aksilterror bölinmalari rahbarlari iştirok etmoqda. Şu bilan birga, MDH ijro organlari, ŞHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi, Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti, YeXHT vakillari ham qatnaşmoqda.
"IŞIDning asosiy boşpanalariga bosim kuçayişi munosabati bilan ular uruş olib borişning qöporuvçilik-terrorçilik usullariga murojaat qilmoqda. Bu holat asosiy ziddiyatlar davom etayotgan hududlarda ham, aksilterror amaliyotlarda faol qatnaşayotgan davlatlar hududida ham kuzatilayapti. IŞID öz nazoratidagi hududlarni boy berib, "xalifalik" ğoyasidan voz keçgan taqdirda ham terror tahdidlari saqlanib qoladi. IŞIDning jahon jihod harakatida yetakçilik qilişga urinişi dunyoning turli mintaqalarida yangi terrorçilik tahdidlari paydo bölişiga, bevosita terrorizmga qarşi kuraşayotgan mamlakatlar hududlarida "asimmetrik uruş"ni taşkil etişiga olib keladi", — degan Novikov.
Uning sözlariga köra, Suriyada allaqaçon özini namoyon etayotgan bunday "asimmetrik uruş" olib boriş, unga qarşi harakat qilişning yetarli tizimli usullarini qidirişga majbur qildi".
"Zamonaviy voqealar rivoji şunday taxmin qilişga asos bölmoqdaki, Markaziy Osiyo davlatlarining birortasida operativ vaziyat avj olgudek bölsa, gap birinçi galda, MDH doirasidagi qöşma harbiy-politsiya amaliyotlari haqida boradi", — deb qayd etgan MDH ATM rahbari.
31 may kuni Tojikistonda "Duşanbe-Aksilterror-2017" — harbiy öquv maşğulotlari esa, MDHga a'zo davlatlar terrorga qarşi kuraş Markazi tomonidan Hamdöstlik qurolli kuçlarini jalb qilgan holda ilk marotaba ötkazilmoqda.












